Sahifa yuklanmoqda . . .


Qismat

Kimdir mitti nihol o‘tqazdi yerga,
Parvarish ayladi necha tong, shomlar.
Yillar zamirida o‘sgan daraxtning
Tagiga suv quydi oxir odamlar.

Tarvaqaylab o‘sgan, haybati ulkan,
Mag‘rur ko‘rinardi tik bo‘lgan damlar...
Avval bosh ustiga tom qildi uni,
So‘ng pol qilib bosib o‘tdi odamlar.

Jimgina o‘sgandi daraxt bechora,
Bezabonlik sabab kesilib ketgan.
So‘ng oq qog‘oz bo‘ldi qoralash uchun
Va oxir g‘ijimlab otdilar chetga...  


 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 16-Aprelda yuklangan

50 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
qismat nihol yer tong shom odam daraxt qog'oz
Muallif
Shavkat Odiljon

Shavkat Odiljon

Shavkat Odiljon Samarqand viloyatining Jomboy tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Baxt bekati” nomli kitobi chop etilgan. Hozirda “Kitob dunyosi” gazetasida faoliyat yuritadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Shavkat Odiljon She'rlari Shavkat Odiljon asarlari