Sahifa yuklanmoqda . . .
Alisher Navoiy G'azallari - Mumtoz she’riyatda g’azal shoirning salohiyati ko’lamini anglatuvchi asosiy janr hisoblangan. Har bir ijodkorning maqomi uning g’azalchilikdagi mahorat darajasi bilan belgilangan. Shuningdek, devon tuzishda ham g’azal alohida mavqe kasb etgan. O’tmishda g’azal yozmagan ijodkorning devon tartib berishi mumkin bo’lmagan. Mazkur to'plamdan g'azalnavis ijodkorlarimizning eng sara g'azallari o'rin olgan.
Oqara boshladi bosh-u to‘kula boshladi tish, Safar yarog'ini qilg'ilki, tushti boshinga ish. Yigitligim boribon, keldi boshima qarilig', Fano yo‘lida bu yanglig' emish borish-u kelish.
Sarig' og'rig' bo‘ldum, ey soqiy, xazoni hajr aro, Qoni asfar mayki, bor har qatrasi bir qahrabo. Yuz-u jismimdur sarig' barge qurug'an shox uza, Shox-u bargekim, qurub sarg'arsa, kim ko‘rmish davo.
Mening firoqim-u aning visoli tun bila tong, Bu nav dahrda yo‘q ehtimoli tun bila tong. G'arib zulf-u yuz ermasmukim, jahon eliga, Ko‘runmamish bu ikining misoli tun bila tong.
Rahm etib, ey do‘stlar, majruh ko‘ksumni yoring, Qo‘l yolang aylab solib, har yon ichimni axtoring. Uchrasa yuzi qora ko‘nglum tutub, tortub, uzub, O‘tqa solib o‘rtabon, jonimni andin qutqoring.
Menga nomehribon yor o‘zgalarga mehribon ermish, Mening jonim olib, ag'yorga oromijon ermish. Tan uzra emdi fahm ettim adadsiz toza dog'imni, Ki, har bir-bir qorarg'an shomi hajrimdin nishon ermish.
Meni men istagan o‘z suhbatiga arjumand etmas, Meni istar kishining suhbatin ko‘nglum pisand etmas. Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra, Chu ulkim, bahrayi andin tilarmen, bahramand etmas.
Do‘stlar, mahram deb elga roz ifsho qilmangiz, Boshingizg'a yuz balo kuch birla paydo qilmangiz. Fosh qilmang roz, chunkim asray olmay qildingiz, O‘zgalardin asramoq bore tamanno qilmangiz.
Lolagun to‘n ichra, yo Rab, ul g'azoli Chin erur, Yo ko‘zumning mardumi, qon yosh ila rangin erur. Bilmon oyokim shafaq ichra erur zarrin g'azol, Lolagun to‘n ichra yoxud ul g'azoli Chin erur.
Yordin hijron chekar ushshoqi zor, ey do‘stlar, Necha tortay hajr, chun yo‘q menda yor, ey do‘stlar. Yor ishqin asragil pinhon, debon sa'y etmangiz, Vah, ne nav etgum yo‘q ishni oshkor, ey do‘stlar.
Ochmag'ay erding jamoli olamoro koshki, Solmag'ay erding bori olamda g'avg'o koshki. Chun jamoling jilvasi olamg'a soldi rustaxez, Qilmag'ay erdi ko‘zum ani tomosho koshki.
Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin, Ko‘ngluma har birining dard-u balosinmu deyin? Ko‘zi qahrinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin, Bu kudurat aro ruxsori safosinmir deyin?
Mehr ko‘p ko‘rguzdum, ammo mehribone topmadim, Jon base qildim fido, oromi jone topmadim. G‘am bila jonimg'a yettim, g'amgusore ko‘rmadim, Hajr ila dilxasta bo‘ldum, dilsitone topmadim.
Kechti umrum naqdi g‘aflat birla nodonlig‘da hayf, Qolg‘ani sarf o‘ldi anduh-u pushaymonlig‘da hayf. Jong‘a bir dushvorlig‘ qo‘ymay riyozat ranjidin, Sarf bo‘ldi naqdi avqotim tan osonlig‘da hayf.
Navbahor ayyomi bo‘lmish, men diyor-u yorsiz, Bulbul o‘lg‘andek xazon fasli gul-u gulzorsiz. Goh sarv uzra, gahe gul uzra bulbul nag‘masoz, Vahki, menmen gung-u lol, ul sarvi gulruxsorsiz.
Har qachonki, kemaga ul oy safar raxtin solur, Mavjlig‘ daryo kibi oshufta ko‘nglum qo‘zg‘olur. Yig‘lama ey ko‘z, nedin sohilg‘a chiqmas kema deb, Kim yoshing daryosidur har soriga el ko‘z solur.
Havo xush erdi-yu ollimda bir qadah mayi nob, Ichar edim vale g‘amdin qadah-qadah xunob. Ki, hozir erdi o‘shul sarvi nargisi maxmur, Valek rag‘mima qilmas edi qadahg‘a shitob.
Ne navo soz aylagay bulbul gulistondin judo, Aylamas to‘ti takallum shakkaristondin judo. Ul quyosh hajrinda qo‘rqarmen falakni o‘rtagay, Har sharorekim, bo‘lur bu o‘tlug‘ afg‘ondin judo.
Ko‘rganimdur subhning pirohanidin chokrok, Kirpikim shabnam to‘kulgan sabzadin namnokrok. Bu ko‘ngul g‘amnokidin to shodmon ko‘rdum seni, Istaram har damki, bo‘lg‘ay xotirim g‘amnoknok.
Oshiq o‘ldum, bilmadim, yor o‘zgalarga yor emish, Olloh-Olloh, ishq aro bundoq balolar bor emish. Qaddig‘a el mayli bo‘lg‘ondin ko‘ngul ozurdadur, Ul alifdin zorlarning hosili ozor emish.
Ko‘nglum ichra dard-u g‘am avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas, Kim, ul oyning hajri ham avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas. Ne sitamkim, rahmi maxfi erdi zimnida, Emdi qilsa har sitam, avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas.
Ko‘z qonidin dema, etagim lolavordur, Kim, ko‘hi darning etagi lolazordir. Har lola bir axgar erur, lek siynaso‘z, Qay ko‘hi dard aro bu sifat lola bordur.
Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg‘a ayt, Yig‘larimning shiddatin gulbargi xandonimg‘a ayt. Buki aning ahd-u paymonig‘a men o‘lsam dag‘i, Yaxshi fursat topsang, ul bad ahd-u paymonimg‘a ayt.
Gulruxi ra’noqadim chun bog‘ tavf aylar borib, Infiolidan guli ra’no qizarib, sarg‘ayib. Yuz shikof etting tanim, yo‘q edi ko‘nglimdan nishon, O‘ylakim o‘t topmag‘aylar kulni har yon axtarib.
Tifllar toshiki, jismim qildi sartosar qora, Bo‘ldi savdog‘a savodi a’zam andin har qora. Yoshdin angla yuzum, gar siymgundur, gar qizil, Toshdin angla tanimni gar ko‘k o‘lmish, gar qora.