Sahifa yuklanmoqda . . .


Lolagun to‘n ichra…

Lolagun to‘n ichra, yo Rab, ul g'azoli Chin erur,

Yo ko‘zumning mardumi, qon yosh ila rangin erur.

 

Bilmon oyokim shafaq ichra erur zarrin g'azol,

Lolagun to‘n ichra yoxud ul g'azoli Chin erur.

 

Aylamish guldasta bandi sun to‘n-u jismidin,

San’atekim arg'uvon bargi aro nasrin erur.

 

Qadmudur bu yo erur shingarf ila yozg'in alif,

Belmu yo toreki, la'l ichra anga taskin erur.

 

Ko‘nglum ichra soldi ul to‘n aks yoxud bo‘ldi qon,

Xalq ko‘nglin qon etarga, vah, bu ne oyin erur.

 

Bir qadah gulgun may, ey soqiy, to‘la tutkim, ko‘ngul,

Ul buti gulgunqabo bedodidin g‘amgin erur.

 

Ey Navoiy, qatl uchun gar xud qizil to‘n kiydi yor,

Basdur ul to‘n rangi ne muhtoji qatl-u kun erur.

 

Dema tog'-u lola dahr ichra — ajal qaploni bil,

Kim, kiyiklar qonidin boshtin ayog' rangin erur.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 15-Iyulda yuklangan

607 marta ko'rildi

7 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
lola to’n chin ko’z qon rang shafaq gul jism san’at barg qad bel la’l ko’ngul ajal tog’ kiyik
Muallif
Alisher Navoiy

Alisher Navoiy

(1441-1501) Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik «ko’p va xo’b» (Bobur) yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko’p va yaxshi yozolgani yo’q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o’zini «Xitodin to Xuroson»gacha yoyilgan turkiy «qavm»larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi -«yakqalam» qildi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Alisher Navoiy Yakpora g'azallari Alisher Navoiy asarlari