Sahifa yuklanmoqda . . .
Yolg'on - Asarlar - yolg'on so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Bu yolg‘on chaqqondir, Bu yolg‘on — chapdast. Qochdingmi — quvonib Quvishin qo‘ymas.
Ehtiyotkor odam! Hey, ehtiyotkor odam! Yolg‘on kerak joyda bir bor jasur bo‘l, Ta’zim lozim joyda bir bor mag‘rur bo‘l. Sukut lozim joyda til bo‘lsang netar? Birovning g‘amida sil bo‘lsang netar?
Bu yerga kelganda Ishondim. aniq — Oybekning muqaddas ostonasida yolg‘on o‘lsa kerak uyatdan yonib, kirolmay shoirning she’rxonasiga.
Men charchab senga suyandim, haqiqat. Soat bong urmoqda, Gaplashaylik, kel. Qo‘rqma, O‘tib ketdi bir kunlik dahshat.
Men yo‘qman. Yolg‘onlar meni yo‘qotdi. Chin gaplar sevgimga qilmadi karam. Nega chorrahada tosh kabi qotding,— Endi sayr qilgin izg‘irin bilan.
Suluvlardan suluv bir qiz sochim silar, Mening esa ko`zlarimdan yosh tomchilar. Sevaman deb aldar meni yolg`onchilar, Yuragimni yo`lbarslarga yediraman.
Mudom yorug‘ bo‘lsin darchalaringiz! Menga ko‘chib o‘tsin barcha dardingiz! Men sizni avaylab charchamadim hech, Siz ko‘nglim og‘ritib charchamadingiz. Goho yomon qarab, goh qaramasdan, Goho yolg‘on kulib, goh kulib rostdan, Goho erkalanmay, erkalamasdan, Siz ko‘nglim og‘ritib charchamadingiz.
Osmon yerga engashib, Bulut sog'di kun bo'yi, Yolg'onchi yor to'yida Yomg'ir yog'di kun bo'yi. Yomg'ir emas, bu xalqob Kelinchak ko'z yoshidir. Yig'lama yor, qiz bola Palaxmonning toshidir...
Bir qiz yig'lar buloq boshida, Ma'yus majnuntollar qoshida, Ko'ngil ohi ko'zin yoshida: Bevafo ko'p ekan dunyoda... Nigohida oftoblari bor, Nolishlarin javoblari bor, So'ngan sevgi azoblari bor, Bevafo ko'p ekan dunyoda...
Ta'magirni tortqilab, Nafsi qo`ymas deydilar. Nokas o`zi to`ysa ham, Ko`zi to`ymas deydilar. Boq bir yorug` olamga — Kimlar zo`rg`a kun ko`rar. Odamlar bor, bog`dagi Bulbuldan ham pul so`rar...
Mening haqimdagi g`iybatlar yolg`on, Ixtiyor o`zimda bo`lsa qaniydi. Sharob ichish menga Xayyomdan qolgan, Ichmasam, ul zotning ko`ngli ranjiydi. O`zim boshladimmi, o`zim qilgum bas, Do`stlarim behuda zavolim izlar, Agar qirqqa kirmay o`lsam, may emas, Meni xarob etgan bevafo qizlar!..
Tun. Bebosh shamollar bastalab kuyin, So’ng uni chizar gul chechaklariga. Menga sezdirmasdan bir qizcha yig’lar Berkinib tushimning burchaklariga. Uzun tutqatordan yugurar tinmay, Ko’zida qotadi arqon-arg’imchoq. Haqiqat qidirib chiqqan edi u, Lek yo’lda yolg’onlar ochdilar quchoq. Bobosidan qolgan cho’pontayoqday Qadrli bilardi hamma odamni...
Tong otdi. Ko’chaning bag’rida Odamlar yuradi o’zicha. Hayotni mo’ltirab kuzatar Daraxtda o’tirgan musicha. Kim daydi yellardek kezinar, Kim ko’zdan ma’nolar o’qiydi. Musicha daraxtda o’tirib, Ming turli falsafa to’qiydi. Bir yerda aqchasiz gadolar, Bir yerda yuraksiz boylarmi?..
Mazkur doston an’anaviy poemalar singari biror sujet asosiga qurilmagan. Unda shoirning xalq va vatan tarixiga hissiy nazari, millat va uning qismati to‘g‘risidagi o‘ylari aks etgan. Milliy adabiyotimizda shu kunga qadar bu yo‘sindagi doston yaratilmagan edi. Dunyo dostonchiligi tajribasida ham bunday asar ko‘p uchraydi, deb bo‘lmaydi. Asarda shoir adashgan ruhning nigohini aks ettirishga, ruhidan ayrilgan shaxsning, millatning hissiyotini ifodalashga uringan.
Bu she'r dunyoni nuqsonsiz ko‘rmoqchi bo‘lgan hassos odam qalbining tub-tubidagi og'riq - millat dardi, vatan tuyg'usi in'ikosidir, Chunki asl vatan tashqarida yotgan tuproq emas, balki shu tuproqqa nisbatan kishining ko‘ksida paydo bo‘lgan munosabatdir, muhabbatdir. Vatan tushunchasi odamning tashqarisidagi tuproqdan uning ruhiyati unsuriga aylangandagina haqiqiy qimmat kasb etadi. Poklanmoqchi bo‘lgan, haqiqatga intilayotgan inson najotni jamiyatdan, insonlardan emas, o‘zidan, yuragidan qidirishi lozimligi, har kimning himoyalanadigan qo‘rg‘oni o‘zida ekanligi she’rda go‘zal yo‘sinda, mutlaqo o‘ziga xos shaklda tasvirlangan.
Noan'anaviy mavzuda bitilgan noan'anaviy she'r. Unda shoir dastlab bir qiziq savolni o'rtaga qo'yadi: "Qarsak nima o'zi?" Javob yanada g'ayrioddiy: "Ikkita kaftning orasidan potrab chiqadigan sas". Shu xolos. U qarsak chalinuvchining buyuk insonligini ham, aytilgan gapning olamshumulnigini ham anglatmaydi. Chinakam shoir qarsaklar-u shuhrat uchun emas, xalq uchun so'zlaydi. Biroq ming afsuski, hozir "Vijdonsiz shoirlar ko‘paygan juda". Ularga esa maqtov u yoqda tursin, qarsak ham uvol...
Ushbu she'r onalar sha'niga bitilgan madhiya bo'lib, unda onaning xokisorligi, mushfiq va mehribonligi, farzandi uchun hamma narsaga tayyorligi ifodalangan.
"Qozi Muhammad Rajab Avjning o‘zi to’g’risidagi g‘azali" deya nomlangan ushbu g'azal hajviy yo'sinda bitilgan bo'lib, unda shoir qozini yomon amallari uchun shunchaki qoralamaydi, balki qozining o'zi go'yo o'z qilmishlarini bayon etib, o'z-o'zini fosh qiladi.
Ushbu muxammas ko‘ngli muhabbat tuyg‘usi bilan to‘lgan ishq ahlining alamangiz dil izhori sifatida yozilgan. Unda sho‘x va berahm ma’shuqaning erkaliklari, zararsizday ko‘ringan qiliqlari tufayli oshiq tortayotgan ozorlarning ko‘lami juda ham dardchil tarzda ifoda etilgan.