Sahifa yuklanmoqda . . .


Oybekning uy muzeyida o'qilgan she'r

Bu yerga kelganda
Ishondim.
aniq —
Oybekning muqaddas ostonasida
yolg‘on o‘lsa kerak
uyatdan yonib,
kirolmay shoirning
she’rxonasiga.
Bilaman,
bu uyda yashaydi hamon,
Oybekning qalbidan meros diyonat.
Ammmo kelarimda
Ishondim —
ayon —
shu eshik oldida
o‘lar xiyonat.
Bu yerga kelishda
yana
ishondim,
ikki yuzi borlar ko‘chada qolar.
Shoirning
bronza
ko‘ziga boqib,
She’r o‘qir bir qalbu
bir yuzi borlar.
Shoir,
Sizga o‘xshab,
soddaligim bor.
Hanuz bu dunyoning o‘yini chalkash.
Poklikning yonida
ana,
baxtiyor —
yolg‘on ta’zim qilib,
jilmayar yakkash.
Ko‘zimga qadalar —
Vijdon yonida,-
xiyonat turibdi -
sog‘lig‘i xo‘b soz.
Hatto nutq aytmoqchi,
shoir sha’niga,
tiliga yog‘ surtib,
so‘ziga pardoz.
Ana,
muxlisingiz - o‘ychanu g‘amgin
Sizdan
ulgu olgan
o‘tkir ko‘zini.
U nechun bezovta?
Payqadimikan -
Biror bir kimsaning
Ming bir yuzini.
Bu gapni aytmoqchi emasdim asli,
Biroq yulchiligim...
Bu - sizdan meros.
Poklansin deyman-da
odamzod nasli,
Sizning uyingizga kelganda,
ustoz...
Bu yerdan qaytishda
yana o‘ylayman,
Oybekning ruhidan madad ol, yurak!
Tilim tutilguncha
Endi kuylayman,
Tilim tutilsa ham...
Kuylashim kerak!


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 23-Aprelda yuklangan

27 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
oybek poklik uy ostona yolg'on xiyonat muxlis she'r
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari