Sahifa yuklanmoqda . . .


Ehtiyotkor odam...

Ehtiyotkor odam! Hey, ehtiyotkor odam!
Yolg‘on kerak joyda bir bor jasur bo‘l,
Ta’zim lozim joyda bir bor mag‘rur bo‘l.
Sukut lozim joyda til bo‘lsang netar?
Birovning g‘amida sil bo‘lsang netar?

Ehtiyotkor odam! Hey, ehtiyotkor odam!
Uyquni asraysan — uyg‘onolmaysan,
Yurakni asraysan — to‘lg‘onolmaysan,—
Dardkashlar yurti bu, qara, sog‘i yo‘q,
Sening yuragingning nega dog‘i yo‘q?

Ehtiyotkor odam! Hey, ehtiyotkor odam!
Yaxshilarni yomon domiga tortdi,
Yomonlarni zamon komiga tortdi.
Tinch boqib dunyoga ayyor turibsan,
Bir yamlab yutishga tayyor turibsan...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 23-Aprelda yuklangan

31 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
odam yolg'on ta'zim sukut g'am uyqu yurak zamon
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari