Sahifa yuklanmoqda . . .


Qarsak nima o’zi?

Qarsak nima o’zi?

Ikkita kaftning

orasidan potrab chiqadigan sas,

xohlasam chalaman, xohlamasam yo’q,

qarsak menikidir, sizniki emas.

Qarsaklar hozircha qo'ltiqlarimda

mitti mushuklarday mudraydi taftdan.

Axir o’zbekning bir o'jar shoiri

qarsak chalarmidi bema’ni gapga.

Vijdonsiz shoirlar ko‘paygan juda.

Yurakni so’z bilan yondiruvchi kam,

xalqimas,

shuhratni o’ylab so’ylagan

ahmoqqa bermayman qarsagimni ham.

Qarsak nima o’zi?

Arzimagan gap,

kerak bo’lganida topilar qoplab.

Titroqqa to’ldirib osmon gumbazin,

Qarsaklar chalishni bilaman boplab.

G'irromlik qilmasa notiq agarda,

yolg’on she’r aytishdan qaytmaydi shoir,

miltiq o'qlariday gumbur-gum qilib

havodan qarsaklar yasardim doim.

O'jar shoirlikni tashlab o'shal payt,

epchil bir yugurdak kabi zamonda

qarsak chaladigan xizmatchi bo’lib,

ishga kirar edim O’zbekistonga.

1984


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 21-Fevralda yuklangan

296 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
qarsak kaft sas ovoz qo'ltiq mushuk taft o'zbek o'jar shoir ma'ni gap vijdon xalq shuhrat yurak so'z yondirish ahmoq qop titroq osmon gumbaz g'irromlik notiq yolg'on miltiq o'q havo payt yugurdak zamon O'zbekiston
Muallif
Shavkat Rahmon

Shavkat Rahmon

Hozirgi zamon o’zbek adabiyotida o’ziga xos iz qoldirgan Shavkat Rahmon O’sh shahrida tavallud topgan. Shavkat Rahmon chinakam otashnafas millatsevar shoir edi. U o‘z kayfiyatlarini tasvir etish bilangina kifoyalanadigan shoirlar sirasidan emasdi. U hamisha millat dardini, xalqining armonlarini ifodalashga intilardi. Chunki u o‘z taqdirini, hayotini millatining hayoti va taqdiridan ayri tasavvur etmasdi. U har bir millatdoshining ko‘ngil mulkiga kirib borishni orzu qilib, shu yo‘lda tinimsiz dard chekib yashagan shoirdir.

Batafsil


Yangi She'rlar Shavkat Rahmon She'rlari Shavkat Rahmon asarlari