Sahifa yuklanmoqda . . .


Bu yolg‘on chaqqondir...

Bu yolg‘on chaqqondir, Bu yolg‘on — chapdast. Qochdingmi — quvonib Quvishin qo‘ymas. Bu yolg‘on — fitnachi, ochdingmi — yomon — O‘zini botir deb Qiladi e’lon. Bu yolg‘on — aqlli, Bu yolg‘on — ayyor. Kurashchi deb o‘zin Atashga tayyor. Sen bo‘lsa, uyatchan, Ko‘ngilchan odam, Surbet bu yolg‘ondan Qochib boryapsan. To‘xta! Rahming kelsin O‘zing o‘zingga. G‘ijinib bir qara Yolg‘on ko‘ziga. Garchi u fitnachi, Garchi u chapdast, Hali haqiqatni Yengolgan emas.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 12-Mayda yuklangan

41 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
yolg'on haqiqat fitna chapdast chaqqon uyat ko'ngil odam
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari