Sahifa yuklanmoqda . . .
Ol - Asarlar - ol so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Suluvlardan suluv bir qiz sochim silar, Mening esa ko`zlarimdan yosh tomchilar. Sevaman deb aldar meni yolg`onchilar, Yuragimni yo`lbarslarga yediraman.
Muhabbat, ey go`zal iztirob, Ey ko`hna dard, ey ko`hna tuyg`u. Ko`kragimga qo`lingni tirab, Yuragimni to`kib qo`yding-ku.
Oppoq, toza dasturxonga yo‘rgaklangan chaqaloqni tizzalari orasiga yotqizib-tebratib o‘tirgan juvon ayvonning lang ochiq derazasidan bo‘ynini cho‘zib hovliga qaradi. Quvalashayotgan bir juft musichani ko‘rdiyu yo‘rgakni avaylab ko‘rpachaga yotqizdi, o‘rnidan ildam turib kalishini oyog‘iga ilganicha hovliga tushdi.
— Zulfi-i! Ho, Zulfiyaxon! Chiqaqoling, sevinchli xabar kep qoldi! — Hozir, ona, hozir chiqaman. Zulfiyaning tovushi qo‘ng‘iroqdek jaranglab chiqqan bo‘lsada, uning o‘zi hiyla parishonxayol edi. Kundoshlarining yonida sir boy bermaydi, shu bois qanday bo‘lmasin chehrasidan tabassum arimaydi.
— Yomonning kuchi men yapaloqqa yetibdi-da!.. H-ah, sag‘irri haqqi ursin-a! Tong sahargi bu alamli qarg‘ishdan tim ichi oyoqqa qalkdi. Rasta ustida, ostida, qop-qanorga yonboshlab omonat uxlab yotgan keksayu yosh turshakfurush, yong‘oq-furush, mayizfurush, iistafurush va hokazo furushlar uyquli ko‘zi bilan apil-tapil yon-verini paypaslay ketdi, ko‘ngli joyiga tushganlar birin-sirin oh chekayotgan juvon tevaragiga to‘plana boshladi.
Sulton esini tanibdiki, har yili yoz kezlari uch yo to‘rt bola-baqra, goho kap-katta yoshdagi erkak Qichqiriqqa g‘arq bo‘ladi. Kunlab, haftalab butun mahalla-ko‘y oyoqqa qalqiydi, izillab-bizillab qidir ho qidir davom etadi, g‘arq bo‘lguvchi o‘sha kuni yo ertasi topilsa topildi, topilmasa, oradan besh, yetti... o‘n kunlar o‘tgach anhorning kunbotar tomonlarida yo beridan, yo naridan shishib, do‘mbira bo‘lib ketgan jasad suv betiga qalqib chiqadi...
Yoqub to‘ram kallasini salgina boshqacha ishlatgan edi, hayotida tubdan burilish yuz berdi: kissasi pul ko‘rdi, ro‘zg‘origa baraka kirdi, nomi mahalla-ko‘yning og‘ziga tushdi, hammasidan ham, begonalar tugul, uyidagi bola-chaqalarigacha uning izzat-hurmatini joyiga qo‘yadigan bo‘lishdi!
Baxt ham nasiba, u kimlarnidir zor qaqshab izlab yuradi, ro‘parasidan, oyog‘ining ostidan chiqib quchoq ochib kutadi, kimlarnidir esa kalaka qilgandek mudom chetlab o‘tadi. Tog‘asi Komronni yomon izza qildi. – Hayotda noshukrlikdan yomon narsa yo‘q, – dedi u avvaliga muloyimlik bilan, lekin bu muloyimlik-vazminlik portlash arafasidagi sokinlik ekani tog‘aning fe’lini biladiganlar uchun yangilik emas edi.
O‘zimni o‘zimga qamab qo‘yganman, Dilimning darzini yamab qo‘yganman. Sochim tolasini sanab qo‘yganman, Endi asramasang bo‘lmas Xudoyim.
Men bir kun o‘lganimda Yorimni bir ko‘ray deb, Ochiq qolgan ko‘zimni Yumib qo‘ysinlar dedim.
Bilaman bir kun kelib, Ruhim oppoq bo‘lgaydur. Bilmam qirq yildan keyin, Holim qandoq bo‘lgaydur
Kimdir mitti nihol o‘tqazdi yerga, Parvarish ayladi necha tong, shomlar. Yillar zamirida o‘sgan daraxtning Tagiga suv quydi oxir odamlar.
To‘fonga duch kelgan kapalak misol Kuchimning boricha olg‘a yuraman. O‘qiyman, o‘qiyman va yana alhol, Xayolimda yangi dunyo quraman.
Aya, Yosh boshimga qildim ko‘p xato, Biroq xatolarni hech tan olmadim. Ko‘ngil olishni-ku bilmayman, hatto Ko‘ngil berishni ham o‘rganolmadim.
Onaizor uzoq yig‘ladi, Esdan chiqdi hatto kimligi. Ichi yonar, axir poyida yotar bolasining o‘ligi.
Dardlarimni ichga yutdim hammasini, Butun umr go‘yo azob tortgandayman. Ko‘tarolmay o‘z aksimning hamlasini, Ich-ichimdan nurab borayotgandayman.
Ketmang dedi, uzoq yalindi. Men o‘zimni soldim lohasga. Yuragimning yarmi tilindi. Va o‘zimni irg‘itdim pastga.
Fasl tanlamaydi muhabbat, Visol oni bor to‘rt faslda. Sizni men chin dildan sevaman, Siz meni sevmaysiz aslida.
Katta qora pashsha tinimsiz g‘ing‘illab deraza oynalariga o‘zini uradi, xona torlik qilayotgandek, yorug‘ dunyoga chiqib ketmoqchi bo‘ladi, toqatsiz g‘ing‘illaydi, qanotlarini vizillatib yana oynaga yopishadi, yana g‘ing‘illaydi… Deraza tagida yotgan usta Sobitali tush ko‘rardi. Tushida bundan ellik yillar chamasi naridagi – yigirma besh yoshlik davrlari.
Xullas, qishloq buziladigan bo‘ldi. Qo‘rg‘onchada almisoqdan qolgan bir bino bo‘lardi. Biladiganlar guvohlik berishicha, qishloqda yakkaxo‘jaliklar tugatilib, «kolxoz-kolxoz» bo‘layotgan davrlar ulusning yig‘inlari tez-tez shu binoda o‘tkazib turilar ekan...
«Ho‘, bola boqmay baloga yo‘liqqur! O‘zing tarbiya ko‘rmagansan-da, bolang ham bola emas, balo! Shilpiqliging yetmaganiday, endi bolangga gap o‘rgatadigan bo‘ldingmi?.. Odamlarda insof degan savil qolmadi, onasidan tortib bolasigacha Xudo urgan-a… Ho‘, “ezma” degan tilingga tirsakkina chiqsin! Shoshmay tur hali, shunday adabingni berib qo‘yayki, ena suting og‘zingga kelsin!..»
Kecha u ko‘l bo‘yida “Tamara” ismli qiz bilan tanishib qoldi. Avvaliga sezmabdi – yonma-yon yotgan ekanlar, qirg‘oqda. Ularning bosh tomonidan bir to‘da bola quvlashib o‘tdi va kimdir «Voy-y!» deya qichqirib yubordi. Ovoz kutilmaganda, shundoqqina biqinidan chiqqani uchun u bir sapchib tushdi. Chalqancha yotgan ko‘yi boshini ovoz kelgan tarafga burdi...
Jimjit qishloqqa jimjitlikni buzib o‘xshovsiz bir devona oraladi. U bir marom va bir ohangda nimalardir deb jar solar, ora-chira jinko‘chaning ikki tomonidagi pastqam uylarga va undan ham pastqam eshiklarga ko‘z tashlab, go‘yo jariga javob kutar edi. Er yuzida paydo bo‘lganidan beri Qishloq bunaqa devonalarni, har turli kelgan-ketganni ko‘p ko‘rgan.
Yoshi oltmishlardan oshgan, gardishi va oynasi qalin ko‘zoynagiyu sarg‘ayib ketsa ham boshidan tushmaydigan Marg‘ilon do‘ppisi bilan qishloqqa taniqli bo‘lgan Tohir domla endi yangi nom bilan odamlarning og‘ziga tushdi: uning to‘qqiz yashar nevarasi to‘p o‘ynatib, antiqa hunarlarni ko‘rsatayotganmish!