Sahifa yuklanmoqda . . .

Ko'ylak - Asarlar

Ko'ylak - Asarlar - ko'ylak so'zi ishtirok etgan barcha asarlar

Yenglik liboslardan voz kechdi shahar, Yelkalar yalang‘och, yalang, och ko‘zlar. Olislarda esa suvlar sepishar Ko‘ylaklari bilan cho‘milgan qizlar. Shahar qizg‘onmaydi xiyobonlarin, Sun’iy ko‘lini-yu qayiqlarini. Ammo dil qo‘msaydi sokin bog‘larning Olmalar oqizgan ariqlarini.

265
She'r
Iqbol Mirzo

Hay-hay, uyat, jon o'lan, Kelin keldi, yo'lni och, Ne ko'z bilan ko'rayki, Kelin yarim yalang'och. Sharqning qizi bo'lganda,  Bo'lib sharmu hayosi, Bunchalar ochiq-sochiq, Bo'lmas edi libosi...

557
She'r
Marhabo Karimova

Aylanaman, Sharqni kezib aylanaman,  Iboli bir yor topolmay o'ylanaman.  O'z yurtimning suluvlari til uqmasa,  Uzun ko'ylak turkman qizga uylanaman... Ko'zim tushsa yuzlari lov-lov yonadi,  Yelkasida qirqta chaman tovlanadi,  Kesilmagan kokillari to'lg'onadi,  Uzun ko'ylak turkman qizga uylanaman...

454
She'r
Muhammad Yusuf

Sodda Muhammadman, Sodda Muhammad. Turkman qizni maqtab baloga qoldim. Ko`ylagiga havas qilgandim faqat, Toabad tuganmas g`avg`oga qoldim… Nedan ranjidingiz, jon singillarim, Qaboqlar uyuldi, chimrildi qoshlar. Turkman tushunmay tosh otsa, chidardim, Ammo yomon botdi siz otgan toshlar...

429
She'r
Muhammad Yusuf

Lolaqizg'aldoq - eng go'zal va nafis gul. Lolaqizg'aldoq - bag'ri qon ayol. Garchi bu she'r Shavkat Rahmon tilidan uning oila a'zolariga bag'ishlab yozilgan bo'lsa-da, unda Muhammad Yusufning ham o'z qismati ko'rinadi. She'rdagi dard, iztirob yuki shu qadar og'irki, uni o'qigan kitobxon tabiiy ravishda lirik qahramon dardini his qiladi va qalbida unga hamdardlik hissini tuyadi...

996
She'r
Muhammad Yusuf

Bu she'r dunyoni nuqsonsiz ko‘rmoqchi bo‘lgan hassos odam qalbining tub-tubidagi og'riq - millat dardi, vatan tuyg'usi in'ikosidir, Chunki asl vatan tashqarida yotgan tuproq emas, balki shu tuproqqa nisbatan kishining ko‘ksida paydo bo‘lgan munosabatdir, muhabbatdir. Vatan tushunchasi odamning tashqarisidagi tuproqdan uning ruhiyati unsuriga aylangandagina haqiqiy qimmat kasb etadi. Poklanmoqchi bo‘lgan, haqiqatga intilayotgan inson najotni jamiyatdan, insonlardan emas, o‘zidan, yuragidan qidirishi lozimligi, har kimning himoyalanadigan qo‘rg‘oni o‘zida ekanligi she’rda go‘zal yo‘sinda, mutlaqo o‘ziga xos shaklda tasvirlangan.

305
She'r
Rauf Parfi O'zturk

Ushbu she'rda shoir o'zini tinchoqar daryoga o'xshatadi. Daryo dolg'asiz bo'ladimi?! Yo'q, bo'lmaydi. Ammo Shavkat Rahmon sharqiroq, yengiltak soy emas, dolg'alarini qa'riga − chuqurliklariga berkitgan bosiq-og'ir, o'ychan daryodir. “Ruhida qadimgi osoyishtalik”ni saqlagan bunday o'ychan daryo bir dolg'alanmasin! Sokinlik bag'ridagi dolg'a agar yuzaga chiqsa, nimalar yuz berishi hayotda ko’p ko’rilgan…

306
She'r
Shavkat Rahmon

Muhammad Yusufning «Surat» she’ri shoirning o‘z ichki dunyosini kashf etishga urinishi aks etgan asardir. She’rning lirik qahramoni «Men bir g‘alatiman, Men alohida» der ekan, uning bu e’tirofini aslo kibrga, manmanlik da’vosiga yo‘ymaslik lozim. Uning boshqalardan farqli birgina, biroq nihoyatda muhim fazilat bor. U ham bo‘lsa, olam va odamni ko‘ngil ko‘zi bilan ko‘rishi, idrok etishidir.

410
She'r
Muhammad Yusuf

Bu she'r Toshbibi (Toshbu) ismli ayolning yoriga sadoqati, ahdiga vafosi, tugalmas bardoshi va metin irodasini tarannum etadi. Yorini og'ir jangga kuzatgan bu ayol kelinlik zeb-ziynatlarini sandiqqa tashlab, erkaklarning og'ir mehnatini o'z zimmasiga oladi. Kunni tunga ulab, dalalarda ishlaydi va turmushning butun mashaqqatlarini totadi. Nihoyat, eri jangdan qaytadi, ammo... bir qo'lidan ajragan holda. Biroq Toshbu yorini tirik ko'rmoqlikning o'zini bir buyuk baxt deb biladi...

521
She'r
Mirtemir

Mazkur g‘azal Fuzuliy ijodi ta’sirida paydo bo‘lgan. Furqatning ijodiy mahorati shundaki, u o‘zga shoirning misrasiga tayangan holda tasvir qudrati, ifoda ta’sirchanligi, chizgilarning nozikligi jihatidan oldingidan balandroq badiiy natijaga erisha olgan. Natijada ma’shuqa tasviri devorga ilib qo‘yilgan surat emas, balki o‘quvchining ko‘nglidan joy olgan harakatdagi suratga aylangan.

878
Yakpora g'azal
Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat