Sahifa yuklanmoqda . . .


Uyg'on qishning xira tongida

Uyg’on qishning xira tongida
Va entikib quloq tut –
So’nggi bo’ri uvillar tongda.

Qo’rqma. Qo’rqma.
Qorong’i yo’lga –
Bo’ri ulishidek bu uzun yo’lga
Otlan. Sadoqatli miltiqni olma.
Qo’rqma. Qo’rqma.
U – so’nggi bo’ri.

O’zining tovushi kabi u yolg’iz,
Yolg’izdir mana shu xira tong kabi.
Senga esa yordamga kelishar,
Bo’yningni g’ajisa bo’ri.

Chunki sen eng so’nggi
odam emassan.
Otlan. Bu yo’l so’ngi yo’l emas.
Otlan. Tong ham so’nggi tong emas.
Otlan. Bolalaringni o’pish shart emas.
Shart emas xotin bilan xayrlashmoq ham…

Qo’rqdingmi?
Qo’rqdingmi? Qo’rq…
Endi tingla, qo’rqib quloq tut –
Uvillaydi yana bir bo’ri…
Uvillaydi bo’rilar…

1980


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 25-Noyabrda yuklangan

19 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari