Sahifa yuklanmoqda . . .


Qodiriyni o'qib

Yillar o’tib borsa-da, hamon
Qo’msab-qo’msab o’qiymiz sizni.
Siz bamisli zangori osmon,
Biz qo’msaymiz osmonimizni.

Olis chag’ir toshli yo’llardan
Otda yelib o’tamiz birga,
Aylantirib Kumushning oddiy
So’zlarini bokira she’rga.

Yanak ortga qaytamiz keyin,
Kelajakka boqamiz maftun.
Nimadandir ichikib, qiyin
O’ylar ichra qolamiz beun.

Keyin yana uy derazasin
Ochgan kabi sof g’avolarga,
Bo’g’riqqan, dim uy derazasin
Ochgan kabi sho’x navolarga –

Tuyib dilda mas’um unlarni,
Titrab-titrab dil larzasidan,
Biz ochamiz “O’tgan kunlar”ni
Yuragimiz derazasiday…

1983


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 25-Noyabrda yuklangan

57 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari