Sahifa yuklanmoqda . . .
Tashvish - Asarlar - tashvish so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Mayda tashvishlarda maydalandim men — Ming taraf yugurdi mingta bo‘lagim. Eski yo‘llarimda qaytalandim men — Tilagim to‘zidi, toldi yuragim.
Ona, tashvishim tortib, goh opichlab ko‘tarding, Gohida alla aytding, dilingni anglamasam. Goho uzoq tunlarni bedor qilib o‘tkarding, Axir uxlay olmasdim, allangni tinglamasam. Bunchalar dilrabosan onaginam allasi? Buncha ohangrabosan, onaginam allasi?
Masjid-u butxona, Ka’bada yohu, Jannatdan umid-u do’zaxdan qo’rquv, Faqat dunyo sirin anglagan qalbdan Abadiy quvilmish bu tashvish, qayg’u.
Afving bor – gunohdan qo’rquv bilmayman, Rizq berding- yo’l ranjin ko’zga ilmayman, Rahmingdan oq yuz-la tursam Mahsharda, Nomim qora deya tashvish qilmayman.
Ey tun-kun dunyoga ko’z tikkan kishi, Aqlingni jo’ymasin dunyo tashvishi, Axir esingni yig’, hushyorroq bir boq, Nedir boshqalarga uning qilmishi.
Yuragimga quyildi suvlar, Yana yulduz yondi osmonda. Kimlar juda quvonib ketdi Men ko’zimni ochgan zamonda. Lavhim satri bitilgandan so’ng, Endi yerga tushayotgan payt, Ko’zlarimni bog’lab tashladi Bir niqobda yozilgan shu bayt: «Hayot-menga niqoblar bazmi, Mening bilan yashaysan shodon...
Hayot qiziq. Inson agar tabiatga mehr qo'ysa, quyoshni, oyni, yulduzni, tog'-u toshlarni, gullarni sevsa, bunga hech kim qarshilik qilmaydi, man etmaydi. Ammo... inson o'zi kabi boshqa bir insonga ko'ngil qo'yar ekan, ming xil to'g'anoqlar boshida aylana boshlaydi. Tahdid, qarg'ish, tahqir, istehzo, zaharhanda gaplar, mish-mishlar... muhabbat yo'liga rahna soladi. Inson o'zi o'ylab topgan sun'iy shartlar chirmovug'ini yorib chiqa olmaydi. Balki, shuning uchun ham dunyoda qahr beadad-u muhabbat bebahodir...
Ushbu qasidasida shoir Mirzo Ulug’bekning taxtga chiqishini muborakbod etadi, hukmdor shaxsiyatidagi adolat-u jangchilik jihatlari tavsifiga alohida e’tibor qiladi. Uning ovozasini «Sulaymoni zamon»ga, adolatini «No’shiravon»ga, mehribonligini «ato»ga qiyos etadi. Bir so’z bilan «shohi dono» deb ta’riflaydi. Shoir quruq maqtash yo’lidan bormay, tuyg’ularini obrazli tarzda ifodalashga intiladi.
Mazkur hikoyada 1966-yil Toshkentda bo'lgan zilzila davri bilan bog‘liq hayotiy voqea qalamga olinadi. Asardan kelib chiqadigan asosiy xulosa insonda mehr, oqibat, do‘stlik, sadoqat degan tuyg‘ularni tarbiyalash, ularni asrab-avaylash g‘oyasidir. Yozuvchi qaldirg‘ochlar ibrati orqali, Nodiraning xatti-harakati orqali o‘z o‘quvchilarini juda muhim ma’naviy masalalar haqida ko‘proq o‘ylashga da’vat qiladi.
Ota o'z qizi uchun nimalarga tayyor deysiz?! Boz ustiga, onasidan erta yetim qolgan ko'ngli yarim qizining baxti uchun ota eng og'ir mashaqqatlarni-da bo'yniga olishga qodir bo'ladi. Ushbu hikoya qahramoni ham keksayib qolganiga qaramay, qizining kelajagi uchun yozuvchi bo'lishga qaror qiladi va bu yo'lda ko'plab sinovlarni boshdan kechiradi...
Sog'inch nima o'zi? Dilga g'am berib, tuganmas azob keltiruvchi davosiz dardmi? Yoki insonning bardoshini toblab, irodasini baquvvat qiluvchi kuchmi? Butun umr sog'inch azobiga mahkum etilgan insonlar baxtsiz kishilarmikan yoki kimnidir sog'inib va ayni damda kimdir sizni sog'inayotganini his etib yashashning o'zi ham bir baxtmi? Ushbu she'rda ana shu sirli tuyg'u - sog'inch manzarasi ifoda etilgan.