Sahifa yuklanmoqda . . .
Peshona - Asarlar - peshona so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Hali yorilmagan Yangi peshonam, Jim turgin — Devorlar uraversin do‘q.
Kapalakday kelib, Qoshingga qo`nib, Ko`zingga termulib umrim o`tsaydi... Nima ham ko`ribman men yigit bo`lib? Sochingni silashga qo`lim yetmaydi.
Azaldan yozilgan emish peshonam, Ne bor ekan unda: Jannat? Jahannam? Ustod menga dedi: “Qazo-vu qalam Jannat, Do’zax – bari senda jamuljam”.
Osmon yerga engashib, Bulut sog'di kun bo'yi, Yolg'onchi yor to'yida Yomg'ir yog'di kun bo'yi. Yomg'ir emas, bu xalqob Kelinchak ko'z yoshidir. Yig'lama yor, qiz bola Palaxmonning toshidir...
Topmoq - yo‘qotmoqdir, Yo‘qotmoq – topmoq, Sen so‘lib, Men yashab, To‘lishimga boq. Sensiz topganimdan Ko‘proq yo‘qotdim – Sen meni yupatding, Seni yig‘latdim, Sen meni yaratding, Seni tugatdim. Uyalmay ONA deb, Kelishimga boq!.. Sog‘inch haqda she’rlar Yozdim o‘zimcha, Mendan peshonangda Dog‘lar tizimcha. O‘g‘il bo‘lmay o‘lay, Attang, ming attang. Qiz tug‘sang netardi, Ko‘proq qiz tug‘sang!.. Tirgak bo‘lolmadim Bitta qizingcha...
Qutblar cho‘zilar olis-olisga, Tayanch nuqtasida aylanar hayot. Ulkan minoralar, qoyalar, hatto Tayanch nuqtasiga ega koinot. Milliard sayyoralar, milliard zarralar, Milliardta ko‘ngillar, yuzlar turfa xil. Barchasi aylanar, adashar, lekin Tayanch nuqtasiga sodiq muttasil. Sokin oqshomlarning sovuq nafasi Ko‘ksimda huvillab esgan daf'ada...
Yurakning tub-tubida bo’luvchi ba’zi tuyg’ularni ta’riflamoqqa so’z topilmaydi. Chunki qanchalar chiroyli, qanchalar yoqimli so’z aytmang, uning nasifligi, shaffofligiga zarar yetkazayotganday bo’lasiz. Shu bois ushbu she’rga ta’rif bermaymiz. Zero, u ta’rifdan tashqarida. Uni faqat o’qish va his qilish mumkin…
Turmushdagi oddiygina holatdan - choy suzilayotganda choynakning piyolaga «egilishi», choy ichayotganda inson piyolaning peshonasidan «o‘pishi» lavhasidan dunyoga kelgan ushbu she'rda eng go'zal insoniy tuyg'ulardan bo'lmish kamtarlik madh etilar ekan, unda shoirning donishmandligi va zakovatini tuyish mumkin.
Ushbu she’rda Mirtemirning vatanparvarlik tuyg’ulari to‘la namoyon bo‘lgan. U o‘zi tug’ilgan, ulg‘aygan, butun umrini yashab o‘tgan Vatanini butun o’ziga xosliklari bilan ta’riflab, yurt dushmanlariga nisbatan nafratini izhor qiladi.
Mazkur g‘azal Fuzuliy ijodi ta’sirida paydo bo‘lgan. Furqatning ijodiy mahorati shundaki, u o‘zga shoirning misrasiga tayangan holda tasvir qudrati, ifoda ta’sirchanligi, chizgilarning nozikligi jihatidan oldingidan balandroq badiiy natijaga erisha olgan. Natijada ma’shuqa tasviri devorga ilib qo‘yilgan surat emas, balki o‘quvchining ko‘nglidan joy olgan harakatdagi suratga aylangan.