Sahifa yuklanmoqda . . .
Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing
Azaldan yozilgan emish peshonam,
Ne bor ekan unda: Jannat? Jahannam?
Ustod menga dedi: “Qazo-vu qalam
Jannat, Do’zax – bari senda jamuljam”.
Ulug’ faylasuf, shoir, munajjim, matematik va tabib bo’lgan G’iyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim Xayyom Nishopuriy Eronning Nishopur shahrida tug’ilgan. Aniq fanlar sohasida o’z davrining yagonasi bo’lgan olim tomonidan tuzilgan taqvim, manbalarning yakdillik bilan guvohlik berishicha, amaldagi Grigorian kalendaridan ham aniqroq bo’lgan. Uning riyoziyot, ilmi nujum va falsafaga oid bir qancha asarlari bizgacha yetib kelgan.