Sahifa yuklanmoqda . . .


Kamtarlik haqida

Garchi shuncha mag`rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak?

Kamtarin bo`l, hatto bir qadam
O`tma g`urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O`par doim peshonasidan.

1956


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 15-Fevralda yuklangan

2454 marta ko'rildi

5 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
kamtarlik mag'rurlik piyola choynak manmanlik kibr havo qadam g'urur ostona peshona
Muallif
Erkin Vohidov

Erkin Vohidov

Hozirgi zamon o’zbek she’riyatining taniqli vakili. Aruz va barmoq vaznlarida yozgan asarlari birdek mashhur. Ijodining asosini lirik turning barcha janrlaridagi she’riyati, dostonlari, dramatik asarlari, I.V.Gyote, S.Yesenin, R.Hamzatov singari jahon adabiyoti namoyandalari she’riyatidan qilgan tarjimalari tashkil etadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Erkin Vohidov She'rlari Erkin Vohidov asarlari