Sahifa yuklanmoqda . . .


Qismat

Hali yorilmagan Yangi peshonam, Jim turgin — Devorlar uraversin do‘q. Qancha peshonamni, axir, yorganman, Ammo Biror devor qulagani yo‘q.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 12-Mayda yuklangan

59 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
peshona devor do'q yoriq hayot dunyo yashamoq qismat
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari