Sahifa yuklanmoqda . . .
Amirqul Po'lkan Asarlari - Sahifamizdan o'zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari o'rin olgan bo'lib, ular sizni tafakkurning cheksiz osmonida parvoz qilmoqqa chorlaydi.
(Hazil) Favqulodda topishdilar ikkala yosh, Qiz husnda tengsiz edi misli lola. Ikkisin ham siylar edi saxiy quyosh, Quyoshim, deb kuylar edi shoir bola.
Bir halol yumushga bormaydi qo‘li, Har qayda so‘z bilan aybin yopadi. Faqat bir jumlani takrorlar tili: “Yaxshi ot, do‘stlarim, keyin chopadi!”
Korxonada odatiy yig‘in, Direktor muovinga berdi navbatni. Tili biyron ekan muovinning juda, Qiyib tashlar ekan dokladni.
Sekin-sekin chekinadi tun, Sekin-sekin tong ham kuladi. Boshlanadi yana yangi kun, Yana bizda majlis bo‘ladi.
Katta korxonaga boshliq amakim, Jamoaga doim “aql” beradi. Amakimning fe’li bizlarga ma’lum, Gapini qaytarsak yomon ko‘radi.
(Hazil) Men o‘zimni ayamayman, “Rahm etmayman” jonimga. O‘z -o‘zini tanqid qilmoq Singib ketmish qonimga.
(E.Vohidovga nazira) Ayo do‘stlar, o‘z holimga yig‘layman-ey, Yig‘lab, shoir yuragini tig‘layman- ey. Bu dunyoda hech she’r mendek xor bo‘lmasin, Xor bo‘lmasin, o‘quvchiga zor bo‘lmasin!
(Hazil) To‘yimiz ham o‘tdi jonim, Quloq osgin endi menga: Buyurmoqlik bizdan bo‘lsin, Tinglamoqlik bo‘lsin senga.
( Hazil) Agar ishda bo‘lmasa unum, Xijolatdan qizarsa yuzlar, Qoloqlikning gunohkori kim? – Aybdor biz, – Aybdor bizlar!
Bir kuni qushlarning majlisi bo‘ldi, Jamiki parranda to‘p bo‘lib keldi. Bilasiz, yig‘ilmoq ko‘p eski odat, Undan ham eskidir rag‘bat, mukofot.
(Hazil) Men dedim: “Yarqillagan Ikki ko‘zingga bandaman”. U dedi: “Sen yerdasan-ku, Men axir osmondaman”
Menga ikking birdeksan, go‘zal, Men ikkingsiz bo‘lurman ado. Senga juda o‘xshaydi g‘azal, Yo sen unga o‘xshaysan juda.
Tun bo‘yi tinmadi yomg‘ir, Tuni bo‘yi tinmadi qalam. Yomg‘ir, qancha kuylasang arzir, Seni bu kun kutmoqda olam!
– Aytgil, ro‘bob, mashqing buncha past, Eshitaman musiqang arang? – Evoh, egam, so‘ylaganing rost, Yo men nosoz, yoki sen garang!
Bir pari bor, yashar yiroqda, U hammaga sohibi farmon. Bir pari bor, yashar yiroqda, Men ham uning vasliga zorman…
U tushimga kirar har sahar, Tortqilarmish sochlarin sabo. Hidlarmish menga gulsafsar, Ko‘ksimga bosh qo‘yib dilrabo.
Hayot ro‘paramda daryodek turar, Suvlari tiniqdir,oqishlari jo‘n. Kimdir dovullarda ovozsiz yurar, Kimdir sukunatda soladi shovqin.
– Yo‘lovchi, qaylarga shoshasan, Adog‘i bormi hech yo‘lingni? – Hali ko‘p dovonlar oshaman, Do‘st bo‘lsang uzatgil qo‘lingni!
– Salom, bobo, sog‘liklar qalay, Baxtlimisiz, umringiz yormi? – Eh jigarim, dardingni olay, Kampirni deb tugadi yarmi…
Jilg‘alarning suvi bir bo‘lib, Guvillaydi timnimsiz dara. Tog‘ o‘ylaydi pastga termilib, “Men buyukman soylardan ko‘ra!”
Kunbotishda tilla rang shafaq, Kunchiqishda kumush rang jilo… Men kimgadir qilmadim shafqat Va kimgadir qildim iltijo.
-Ey qushginam, kuylab ber bir oz, Taranglashgan ruhimni yumshat. -Erkin bo‘lsam kuylardim mumtoz, Avval meni qafasdan bo‘shat!
Tinch, sokin xonamda tun uxlar, Ilhomga yo‘g‘rilmish tanasi. O‘sha tun she’rimni opichlar, O‘sha tun she’rimning onasi.
Ro‘paramda yuksak qoya, Chiqmoqqa yo‘q pillapoya. Yuqmasin deb sha’nimga gard, Mening o‘zim chiqmog‘im shart.