Sahifa yuklanmoqda . . .


Shoir Bola

(Hazil)

Favqulodda topishdilar ikkala yosh,
Qiz husnda tengsiz edi misli lola.
Ikkisin ham siylar edi saxiy quyosh,
Quyoshim, deb kuylar edi shoir bola.

Bulbul bo‘lib, lolasini kuylar edi,
“To o‘lguncha seni kuylab o‘taman”, deb.
Qiz ham yonib sevgisini so‘ylar edi,
“Sen bo‘lmasang o‘zni suvga otaman” deb.

Biri Layli, biri go‘yo Majnun edi,
Qattiq edi o‘rtadagi ahdu paymon.
Bir kuni qiz oshig‘iga “xayr” dedi,
Jo‘nab ketdi uzoqdagi yurti tomon.

Bir kuni qiz oshig‘iga “xayr” dedi,
Jo‘nab ketdi uzoqdagi yurti tomon.
Taqdir qurg‘ur bu o‘yinni tan olmadi,
Yigit qizni izlamadi boshin egib.

“Bu xo‘rlikka” qiz ham sira chidolmadi,
Alamidan u boshqaga ketdi tegib.
Rosti, do‘stlar, shoirga ko‘p yomon bo‘ldi,
Yotib qoldi ko‘kragini zaxga berib.

Eh-he, qancha suvlar oqib tamom bo‘ldi,
Undan beri qancha qorlar ketdi erib.
Ammo hanuz tunlar ko‘kka nigoh tikar,
Xayolini tark etmaydi o‘sha lola.

Hamon uni tushlarida ko‘rib chiqar,
Hamon unga she’r bitadi shoir bola.

1976


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2018, 20-Martda yuklangan

162 marta ko'rildi

5 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
hazil ikki yosh qiz husn lola quyosh shoir bola
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari