Sahifa yuklanmoqda . . .
– Salom, bobo, sog‘liklar qalay,
Baxtlimisiz, umringiz yormi?
– Eh jigarim, dardingni olay,
Kampirni deb tugadi yarmi…
– Salom buvi, ahvollar qalay,
Baxtlimisiz, umringiz yormi?
– So‘ramagil, bolam, o‘rgilay,
Cholimni deb tugadi yarmi…
1968
Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).