Sahifa yuklanmoqda . . .
Muhammad Yusuf She'rlari - Aziz foydalanuvchi! Agar siz hayotning past-u baland yo'llari aro kezib, dunyoning sho'rishlaridan toliqqan bo'lsangiz, bizga qo'shiling va ko'ngingizni ezgu hislarga oshno eting! Ushbu to'plamdan o'zbek va jahon she'riyatining eng sara namunalari o'rin olgan bo'lib, ular sizni dunyo tashvishlarini bir on bo'lsa-da unutib, tafakkurning cheksiz osmonida parvoz qilmoqqa chorlaydi.
Kapalakday kelib, Qoshingga qo`nib, Ko`zingga termulib umrim o`tsaydi... Nima ham ko`ribman men yigit bo`lib? Sochingni silashga qo`lim yetmaydi.
Suluvlardan suluv bir qiz sochim silar, Mening esa ko`zlarimdan yosh tomchilar. Sevaman deb aldar meni yolg`onchilar, Yuragimni yo`lbarslarga yediraman.
Seni hech kim sevolmaydi meningdek: Vaslingga zor bu oshiqlar, ehtimol, Poyingga tiz cho`kib yig`lar, ehtimol, Lekin sodiq bo`lolmaydi meningdek!..
Muhabbat, ey go`zal iztirob, Ey ko`hna dard, ey ko`hna tuyg`u. Ko`kragimga qo`lingni tirab, Yuragimni to`kib qo`yding-ku.
Ko`ngil ma'yus tortdi yilning so`nggida, Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor. Bugun kuppa-kunduz ko`zim o`ngida, Yana bir yoshimni o`g`irlading, qor.
Osmonning oxiri qayerda, dedim bir donishga. U miq etmadi. Menga juda yoqdi bu javob. Osmonning oxiri yo`q, axir! Irmoqning oxiri daryo. Daryoning oxiri dengiz. Osmonning esa oxiri yo`q.
Mening g`animlarim bulutdan ham ko`p, Ortimdan soyadek yurishar to`p-to`p, Salomat ekanim ham bir g`animat, O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p.
Sodda Muhammadman, Sodda Muhammad. Turkman qizni maqtab baloga qoldim. Ko`ylagiga xavas qilgandim faqat, Toabad tuganmas g`avg`oga qoldim…
Men sizni o`ylayman shomu saharda, Ona, sog`insam ham bora olamayman, Tunlari charog`on shunday shaharda Hech kimga ko`nglimni yora olmayman.
Sevmoq bu Kechirmoq degani asli, Toki bu dunyoda quyosh bor, gul bor. Yalpizlar gullagan shu bahor fasli, Sodiq hamdam bo`lgin sen menga, dilbar.
Chaqmoq chaqib, qaro osmonda. Kimlarnidur qo'rqitgan yomg'ir. Qolsam alam ichra zamonda. Ko'z yoshimni berkitgan yomg'ir. Yig'laganim yetadi meni. Sen yig'lama, kulib ket yomg'ir. Tutib turay senga ko'ksimni. Dardlarimni yuvib ket yomg'ir. Oqib tushding tarnovlarimdan. Sajdagoxim tavoblaridan. Gunoxim ko'p savoblarimdan. Gunoxlarim yuvib ket yomg'ir. Yuzimga yog', kaftlarimga yog'. Qalbimga yog' dardlarimga yog'. Alamlar alanga, yurak to'la dog' Yuragimni yuvib ket yomg'ir. Yopib qo'yolmadim o'tmish darchasin. Doim ezaverar qalbim parchasin. Xotiralar barcha barchasin. Bitta qo'ymay yuvib ket yomg'ir.
Kechagina qishloqdagi qizlarning bari Menga sirli qoshlar qoqib qarashardi. Qarashmasa, uylariga tunda borib, Toshlar otib qochar edim, yarashardi. Sahargacha atrofida aylanishib, Dilxun uyga qaytar edim,bilishardi. "Kimni kutib turibdi bu yigitcha",deb, Devor osha mo'ralashib kulishardi...
Qiyosi yo'q uning mehri bir daryo, O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek. Boshqa millatlarni bilmadim, ammo, Dunyoda bolam deb yashaydi O'zbek! O'nta bo'lsa o'rni boshqa uning-chun, O'g'lim otashimdan yaralgan uchqun. Qizim parilardan chehrasi gulgun, Qoshlari qalam deb yashaydi O'zbek!..
Tug’ilgandan men sho’rlikning bag’rim qon, Bir jismimda talashadi ikki jon. Jon talashsam, tepamda charx urgan ul, Kapalaklar odamlardan mehribon… Oqqushlarim, oq yomg’irda ucharlar, Saharlardan shudring-sharob icharlar. Tanlamayin qabrlarni qucharlar, Kapalaklar odamlardan mehribon…
Ma’yus kunim ko‘zim tushsa, Kuyar osmon, tushunmaysan. Meni samo tushungaydir, Sen, ey inson, tushunmaysan.. Kuyib ko‘ksim o‘tar bo‘lsam, Oqar bo‘lsam, ketar bo‘lsam, Meni daryo tushungaydir, Sen, ey ummon, tushunmaysan...
Osmon yerga engashib, Bulut sog'di kun bo'yi, Yolg'onchi yor to'yida Yomg'ir yog'di kun bo'yi. Yomg'ir emas, bu xalqob Kelinchak ko'z yoshidir. Yig'lama yor, qiz bola Palaxmonning toshidir...
Aylanaman, Sharqni kezib aylanaman, Iboli bir yor topolmay o'ylanaman. O'z yurtimning suluvlari til uqmasa, Uzun ko'ylak turkman qizga uylanaman... Ko'zim tushsa yuzlari lov-lov yonadi, Yelkasida qirqta chaman tovlanadi, Kesilmagan kokillari to'lg'onadi, Uzun ko'ylak turkman qizga uylanaman...
G'irot mingan Go'rog'li Bobom qani, aytinglar, Qo'ng'irotlik Alpomish Og'am qani, aytinglar... Tustovuqday tovlangan Olam qani, aytinglar. Ko'lda kiyik ovlangan Dalam qani, aytinglar...
Bir qiz yig'lar buloq boshida, Ma'yus majnuntollar qoshida, Ko'ngil ohi ko'zin yoshida: Bevafo ko'p ekan dunyoda... Nigohida oftoblari bor, Nolishlarin javoblari bor, So'ngan sevgi azoblari bor, Bevafo ko'p ekan dunyoda...
Sanam, sochingdan ham shaydolaring ko'p, Husning oshiqlari - adolaring ko'p. Nimang ko'p, ko'yingda gadolaring ko'p, Ammo men bittaman, men bittadurman. Bek yigit bir sening poyingda xorman, Garchi diydoringga mushtoq-u zorman, Men beun sevarman, men jim sevarman, Qiyomatgacha shul sukutdadurman...
Shamol sabab, ehtimol, Tunda eshik g'ichirlar. Boshlanadi, qishloqda Shunda pichir-pichirlar. Sizga nima? Siz uxlang, Hech ishingiz bo'lmasin. Kimda kimning ko'ngli bor, Qo'yavering, o'ynasin...
Bisotimni bog`da bir halol, Kapalakka almashaman men. Hayotimni ko`kdagi zilol, Kamalakka almashaman men. Yog`dularga ko`milgan shahar Betonlari biqinni chaqar. Uyim qasr bo`lsa ham agar, Guvalakka almashaman men...
Marg`ilonda Kumushni ko`rdim, Ko`ziga yosh olib turibdi. Sochlarini maydalab o`rib, Otabekni kutib yuribdi. Tongda turib qalam qoshiga O`sma qo`ygan ekan quribdi, Ko`zdan oqqan achchiq yoshlari O`smasini yuvib turibdi...
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam, Majnun bo`lib sahrolarga yetalasam, Bu dunyoda birday g`arib men ham, sen ham, Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?.. Sening ko`zing qora, mening ko`zim qora, Sening bag`ring yara, mening bag`rim yara, Bu dunyoda sen bechora, men bechora!.. Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..