Sahifa yuklanmoqda . . .


Kechagina qishloqdagi qizlarning bari...

Kechagina qishloqdagi qizlarning bari

Menga sirli qoshlar qoqib qarashardi. 

Qarashmasa, uylariga tunda borib,

Toshlar otib qochar edim, yarashardi.

 

Sahargacha atrofida aylanishib,

Dilxun uyga qaytar edim, bilishardi.

"Kimni kutib turibdi bu yigitcha",deb,

Devor osha mo'ralashib kulishardi.

 

Bugun esa bo'y yigitman, bo'zlaganim -

Bolaligim olislarda qolib ketdi.

Bir qishloq qiz orasidan tanlaganim

Barmog'iga tilla uzuk solib ketdi.

 

Qizlar endi devor osha mo'ralashib,

"Kimni kutib turibsan",deb so'rashmaydi.

Ketolmayman bir hovliga o'ralashib,

Toshlar otib qochay desam, yarashmaydi...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 24-Aprelda yuklangan

809 marta ko'rildi

3 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
kecha qishloq qiz sir qosh uy tun tosh sahar atrof dil yigit devor bolalik tilla uzuk hovli
Muallif
Muhammad Yusuf

Muhammad Yusuf

Sodda va xalqona tilda bitilgan samimiy she'rlari bilan millionlab muxlislar qalbini zabt etgan shoir. Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan go‘zal she’rlari o‘ziga xosligi bilano'quvchilar qalbida aks sado berdi. Muhammad Yusuf ijodi keyingi davr o‘zbek qo‘shiqchiligi rivojida muhim o‘rin tutadi. Milliy san’atimizning eng yirik va iste’dodli vakillaridan tortib, havaskor qo‘shiqchilargacha shoir she’rlarini kuyga soladilar.

Batafsil


Yangi She'rlar Muhammad Yusuf She'rlari Muhammad Yusuf asarlari