Sahifa yuklanmoqda . . .
Koinot - Asarlar - koinot so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Qush baland uchardi, Juda ham baland. Qanoti bor edi qushchaning, yohu! Ammo koinotga boqib bepisand, Yerda bir yurmoqni qilardi orzu.
Shag'irlaydi betinim daryo, Shag'irlaydi vahm to'lgan jar, Shag'irlaydi qorong'i dunyo, Shag'irlaydi vodiy, daralar. Shag'irlaydi... Bermaydi uyqu,
Daralarga qamab qo‘yib bo‘ronlarni, Tinchlantirsam yurakdagi suronlarni. Bir erkalab, bo‘yin to‘ksam rayhonlarning, Huzuringga men o‘zimni keltursaydim, Ko‘zlaringga termulsaydim, termulsaydim. Umr tushdek izsiz, shitob o‘tayotir, Umidimni yanchib, mutab o‘tayotir. Oy iqida shoshqin oftob o‘tayotir, Shul hajrni men vaslga yetkursaydim, Ko‘zlaringga termulsaydim, termulsaydim. Ehromlar ham bir kun turob bo‘lar ekan, Koinot ham to‘zg‘ib, xarob bo‘lar ekan. Faqat sevgi mangu va sof bo‘lar ekan, Bilganimni endi senga bildirsaydim, Ko‘zlaringga termulsaydim, termulsaydim. Ko‘z yoshlarim, shoshilmangiz, ketmang toshib, Qon yurakka malham bo‘lar sho‘r ko‘z yoshi. Quvonchlardan kechib, qayg‘ulardan qochib, She’rlar aytib, yig‘latsaydim, kuldirsaydim, Ko‘zlaringga termulsaydim, termulsaydim. Aytgil, hamon bormi shirin arazlaring? Salomatmi orzularing, havaslaring. Qulog‘imdan ketgani yo‘q nafaslaring... Seni yana bir ko‘rishga ulgursaydim, Ko‘zlaringga termulsaydim, termulsaydim. 1997
Qutblar cho‘zilar olis-olisga, Tayanch nuqtasida aylanar hayot. Ulkan minoralar, qoyalar, hatto Tayanch nuqtasiga ega koinot. Milliard sayyoralar, milliard zarralar, Milliardta ko‘ngillar, yuzlar turfa xil. Barchasi aylanar, adashar, lekin Tayanch nuqtasiga sodiq muttasil. Sokin oqshomlarning sovuq nafasi Ko‘ksimda huvillab esgan daf'ada...
Ishq va Oshiqlik... Bu so'zlarni ta'riflamoqqa, uning mazmunini sharh etmoqqa zabonlar zabun-u qalamlar ojiz. Oshiqning ishq makon etgan ko'nglidan qanday hislar kechishini hech kim mukammal tasvirlab berolmaydi. Uni faqat chinakam oshiqlargina his etishi mumkin. Mazkur she'rni oshiq yurakning ko'ngil rozlari sifatida qabul etish mumkin.
Ushbu asar inson sha'niga bitilgan qasidadir. Unda insonning botiniy va zohiriy olamidagi chigalliklar va murakkabliklar o'ta nozik tarzda ifodalangan. Xususan, shoir unda insonning bugungi kamoloti, inson dahosining zakovati, fan-texnika bobida erishgan mislsiz zafarlari haqida yozar ekan, bu taraqqiyot tufayli bugungi kunda inson jahon ayvoniga "arkon" (ustun) darajasiga ko‘tarilganini ayta turib, shu "arkon" ayni paytda "vayron" ekanini ham pisanda qilib o‘tadi...
Lahza nima? Ko‘z ochib yumguncha o‘tadigan fursat. Go‘yo e’tiborga, diqqatga arzimaydi. O‘z umrini poyonsiz deb o‘ylaydigan aksariyat odamlar uchun lahzaning sariq chaqalik qimmati bo‘lmasligi ham mumkin. Biroq... Biroq shoir bu she'ri orqali butun insoniyat hayoti - uning quvonch-u tashvishlari, hatto qismati ham mana shu lahzalarga jo ekanini favqulodda misollar bilan isbotlab beradi.