Sahifa yuklanmoqda . . .
Ust - Asarlar - ust so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Qahru g‘azab sovrildi elga — Eldan uni qilmayman talab. Endi rahmim kelgani kelgan Noto‘kis bu dunyoga qarab.
Katta qora pashsha tinimsiz g‘ing‘illab deraza oynalariga o‘zini uradi, xona torlik qilayotgandek, yorug‘ dunyoga chiqib ketmoqchi bo‘ladi, toqatsiz g‘ing‘illaydi, qanotlarini vizillatib yana oynaga yopishadi, yana g‘ing‘illaydi… Deraza tagida yotgan usta Sobitali tush ko‘rardi. Tushida bundan ellik yillar chamasi naridagi – yigirma besh yoshlik davrlari.
5-sinf o‘quvchilari jismoniy tarbiya darsida yuz metrga yugurish sinovidan o‘tadigan bo‘lishdi. Mamasoli aka bolalarni stadionga olib chiqdi. “Start” deb yozilgan chiziqqa to‘rt o‘quvchi qo‘yildi. Ularning orasida sinf chopag‘oni Nosir ham bor edi.
Falakning ustidan kim topdi zafar, Yer qachon odam yeb to’yibdi, magar – Meni yemadi deb kekkaya ko’rma, Shoshmay tur, ko’p o’tmay navbating yetar.
Kulol do’koniga kirdim bir safar, Dastgohda ishlardi usta ko’zagar. Gado qo’lidan-u shohning boshidan Ko’zaning bo’yni-yu dastasin yasar.
Yoshlikda biz – shogird, o’zgalar – ustod, So’ngra ustod bo’lib dilni etdik shod. Oxiri qayerga yetishdik desang, Tuproqdan chiqiboq bo’libmiz barbod.
Xoliq – kechiruvchi, rahmli, rahmon, Isyon-u gunohdan bo’lmagil giryon. Bugun mast-u xarob uyquga kirsang, Erta afv etilur chirik ustixon.
Azaldan yozilgan emish peshonam, Ne bor ekan unda: Jannat? Jahannam? Ustod menga dedi: “Qazo-vu qalam Jannat, Do’zax – bari senda jamuljam”.
Tokay butxona-yu masjiddan deysan, Tokay Jahannam-u Behishtdan deysan, Taqdir lavhasin ko’r, qalam ustodi Bo’lar ishning barin o’shanga chekkan.
Bu kajraftor osmon qilmishi nosog’, Qilgani bormi hech kimsa dilin chog’? Dunyoda kimniki ko’rma, dog’ dili, Falak esa qo’yar dog’ ustiga dog’.
Olam tuzog’idan ozod emasmiz, Bir nafas olmoqdan hech shod emasmiz, Hayotga ko’p shogird bo’ldig-u hanuz Dunyoning ishiga ustod emasmiz.
G'irot mingan Go'rog'li Bobom qani, aytinglar, Qo'ng'irotlik Alpomish Og'am qani, aytinglar... Tustovuqday tovlangan Olam qani, aytinglar. Ko'lda kiyik ovlangan Dalam qani, aytinglar...
Qo`rqaman, ertaga men o`lib ketsam, Yotar bo`lsam qumga botib ko`zlarim, Ko`nglimni ko`chkiday bosadi bir g`am – Yig`lashni ham bilmas mening qizlarim… Eng yaqin do`stlarim g`iybatim qilar, Eng zaif dushmanim ustimdan kular. Ular-ku, ne qilsa o`zlari bilar, Yig`lashni ham bilmas mening qizlarim…
Mazkur she'r falsafiy ruhda bitilgan bo'lib, unda shoir insonning hayotiga aslida nima xavf solishi haqida teran mulohaza yuritadi. Uning fikriga ko'ra, "Inson o'lmas biri birining o'lishiga bermasa yordam". Nega shunday? She'rni o'qigach, buni o'zingiz bilib olishingiz mumkin.
Bulut — bu yomg‘ir darakchisi. Osmonda bulut paydo bo‘lishi bilan barchaning xayolidan yomg‘ir yog‘adi degan fikr o‘tadi. Shunga yarasha taraddud va ehtiyot choralari ko‘riladi. Albatta, bemavrid yomg‘ir yog‘sa, kayfiyat buziladi, ko‘ngil g‘ash tortadi. Bu, odatda, qop-qora bulut butun osmonni qoplab, kunni tundek qorong‘ilikka chulg‘agan damlarda bo‘ladi. Ammo shoirning qo‘liga qalam tutqizgan bu tabiat hodisasi yorug‘lik, to‘kinlik belgisi...
Bu she'r Abdulla Avloniyning ma’rifatparvarlikni targ‘ib etuvchi asarlaridan biri bo'lib, unda shoir maktabning ilm-madaniyat manbai ekaniga alohida e'tibor qaratadi.
Ushbu g'azalda odamlar nokomilligidan, nafs manfaati yo’lidagi qilmishlari sabab pokiza tuyg’ular ularni tark etganligidan ozorlangan ezgu qalb egasining sezimlari aks etadi.
Mazkur asar hazrat Navoiy g'azaliga bitilgan muxammasdir. Munis hazrat Navoiyni o'ziga ulug' ustoz deb bilgan va butun hayoti davomida qalbida hazrat siymosiga chuqur hurmat va ehtirom saqlagan. Kimsan Navoiy asariga taxmis bog'lash ijodkordan anchayin katta iste'dod va mahoratga ega bo'lishni talab etadi. Munis mazkur muxammasni bitishi orqali o'z iste'dodining ko'lamini namoyish etdi.
Shiroq - turon xalqlarining sevimli qahramoni. U o'zi oddiy cho'pon bo'lishiga qaramay, harbiy hiyla yordamida butun dushman qo'shinini yo'ldan adashtirib, o'z yurtini bosqinchilar hujumidan himoya qilgan. Uning bu qahramonligi mashhur tarixchi Polienning "Harbiy hiylalar" asarida ham keltirilgan bo'lib, ushbu hikoyada ana shu mashhur voqea mahorat bilan tasvirlanadi.
O‘tgan zamonda Qo‘qon shahrida bir podsho yashagan ekan. Bu podshoning bitta-yu bitta jonon piyolasi bor ekan. Yer yuzini ming marta aylanib chiqsangiz ham bunaqangi piyolani topolmas ekansiz. U shu qadar chiroyli ekanki, qorong‘i tunni oy nuri kabi yoritar ekan. Podsho piyolani tilla sandiqning ichida saqlar ekan. Piyola turgan uyning atrofida bir qancha qo‘riqchilar turar ekan. Agarda podshoning choy ichkisi kelsa, ishonchli odamini yuborib, jonon piyolasini oldirtirar ekan...
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir shaharda bir chol bilan kampir bor ekan. Ularning Mamatboy degan bitta-yu bitta o‘g‘li bor ekan. Kampirning ota meros bir hovlisi bor ekan. Chol-kampir bu hovlini uch yuz tillaga sotishibdi va maslahatlashib o‘g‘lini savdo ishiga o‘rgatmoqchi bo‘lishibdi. Chol o‘g‘lini chaqirib...