Sahifa yuklanmoqda . . .


Bulut

I

Ko’k yuzida pag’a bulut –oq bulut,

Oq bulutdan sut yog’armi yoki qut?

Pag’a bulut –yaxshi ko’klam elchisi.

Havolarda yomg’ir isi, sel isi...

Ko’k yuzida dam qaldiroq, dam sukut,

Yog’may o’tma, pag’a bulut –oq bulut!

Yog’ib o’tsang –tizza bo’yi o’t bo’lur,

O’t bo’lur, ham sut bo’lur, ham qut bo’lur.

 

II

Ko’k yuzida pag’a bulut –oq bulut...

Bir qarasang –osmon to’la oqquvlar,

Bir qarasang –baland qorli cho’qqilar,

Bir qarasang –ko’z ilg’amas oq barqut.

Ko’k yuzida –yorug’, oydin bir ro’yo...

Usta rassom chizmish ajib manzara –

Tepa-tepa paxta –beg’ubor, sara,

Kuzgi xirmonlarning akslari go’yo...

1957


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 14-Fevralda yuklangan

1909 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
bulut ko'k yuz oq sut qut ko'klam elchi havo yomg'ir sel is qaldiroq sukut tizza bo'y o't osmon oqquv qor cho'qqi ko'z barqut oydin ro'yo usta rassom manzara paxta kuz xirmon aks
Muallif
Mirtemir

Mirtemir

Millat turmush tarzi, dunyoqarashi va orzu-intilishlarining betakror qirralarini o’zga ijodlardan farqli xalqona bir yo’sinda o’zbek badiiyatiga olib kirgan hassos, donishmand shoir. She’riyatida so’zning inja ma’no nozikliklari, qadim va turkiyona mavqelari qad rostlab, shoirning fusunkor, zakiy hikmatlariga xizmat qiladi.

Batafsil


Yangi She'rlar Mirtemir She'rlari Mirtemir asarlari