Sahifa yuklanmoqda . . .
Ochinglar, millati vayronni obod etgusi maktab,
O‘qusin yoshlarimiz ko‘nglini shod etgusi maktab.
Dil-u jon birla el maktab ocharga ijtihod etsin,
Nedinkim, bizni g‘am qaydidin ozod etgusi maktab.
Ko‘ngullarning sururi, dog‘i ko‘zlar nuridur farzand,
Alaming umrini, albatta obod etgusi maktab.
Ota birla onaga farz o‘qitmoq bizni majburiy –
Ki bizni yaxshiliq qilmoqqa mu’tod etgusi maktab.
Qayu millatga bizdek gar nasimi inqiroz yetsa,
Anga, albatta, mustahkamlik ijod etgusi maktab.
Bu ne navmidlikdur, maktab ochsak, oqibat bizni,
Aro‘si kom ila maqsudga domod etgusi maktab.
Avaz, himmatni qil oliy ocharg‘a emdi maktabkim,
Baloyi jahl-u nodonlikni barbod etgusi maktab.
(1884-1919) U o’zining xalqchillik, ma’rifatparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan jo’shqin ijodi bilan o’zbek xalqining sevikli shoirlaridan biri darajasiga ko’tarildi. O’zbek mumtoz she’riyati tarixida Muqimiy, Furqat, Zavqiy kabi yetuk zamondoshlari qatoridan o’rin oldi.