Sahifa yuklanmoqda . . .
Qayg'u - Asarlar - qayg'u so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Endi she’r yozmayman unga bag‘ishlab, Endi xayolini o‘ylab yig‘layman. Ana, qorli kecha — oppoq farishta Bo‘salar olmoqda aziz manglaydan.
Bo‘g‘zimga bahaybat qayg‘u tiqildi, Ko‘zimga yiqildi qop-qora bulut. Tizzamdan sirg‘alib kitob yiqildi, Birdan sinfga cho‘kdi bir hayron sukut.
O‘zimni o‘zimga qamab qo‘yganman, Dilimning darzini yamab qo‘yganman. Sochim tolasini sanab qo‘yganman, Endi asramasang bo‘lmas Xudoyim.
Men sevaman,- shivirlar ayol,- Kirlaringni yuvib beraman. Dazmollayman ko’ylaklaringni Seni quchgan qo’llarim bilan. Faqat bir kun yoningda yotib, Qulog’ingga shivirlasam bas: «Yuragimning ostida kimdir Xuddi sendek olmoqda nafas
Masjid-u butxona, Ka’bada yohu, Jannatdan umid-u do’zaxdan qo’rquv, Faqat dunyo sirin anglagan qalbdan Abadiy quvilmish bu tashvish, qayg’u.
Qayg’umdek uzoq umr ko’rsin u g’azol, Bu kun yana lutfdan ko’rsatib jamol, Ko’zimga bir nigoh tashladi-ketdi, Ya’ni yaxshilikni qil – daryoga sol.
Qani ul sirdosh do’st – sir aytsam bir dam, Azalda qandayin bo’lgani odam: Jafo-yu qayg’udan qorilgan loyi, Bir yo’l jahon kezib, tez uzdi qadam.
Kechagi kuningni aylamagil yod, Ertang kelmay turib etma ko’p faryod, O’tgan, kelmaganga qayg’urmoqni qo’y, Quvnoq bo’l - umringni qilmagil barbod.
Inson ona zamindagi eng mukarram va ayni chog'da eng ojiz xilqat. Negaki har qanday inson mehrga tashna. Nafaqat hech kimi yo'q, g'arib-bechoralar, balki shon-shuhratdan boshi osmonga yetgan mashhur zotlar ham chin qalbdan samimiy aytilgan ikki og'izgina shirin so'zga muhtoj. Soxtaliklar va sun'iyliklar urchigan bu zamonda tabiiylik, samimiyat anqoning urug'i go'yo. Hamma uni izlaydi, hamma unga talpinadi...
Topmoq va yo’qotmoq. Hayotning eng oddiy, eng jo’n qonuni. Topmoq shirin, yo’qotmoq achchiq. Topsak suyunamiz, yo’qotsak kuyunamiz. Ammo faqat kamdan kam insonlargina har narsada bir hikmat borligini anglab yetadilar. Agar siz ham bu hikmatni bilmoqni istasangiz, mazkur she’rni mutolaa qiling.
Hayot nega buncha berahm? Umr nega buncha beshafqat? Vaqt ne uchun bunchalar shoshqin? Ko’pincha unda inson baxt manzili sari yo’lga otlanadi. Bu yo’lda ne-ne kurashlar, sinovlar, mashaqqatlarga duch kelib, ularni sabr-u sabot bilan yengib o’tadi. U hayot dashtlarida emaklab, sinov tog’lariga tirnoqlari bilan tirmashib chiqib yo’l qidiradi – baxt izlaydi. Ammo… shunday onlar ham bo’ladiki, inson o’ylanib qoladi, baxtli bo’lishga kechikdimmi deb…
Zulfiyaxonim vafo va sadoqat ramziga aylangan o'zbek shoirasidir. Ushbu she'r butun umr o'z yoriga sodiq o'tgan ayol qalbi navolaridir. Unda yolg'izlik iztirobi va ayollik irodasi o'ziga xos tarzda samimiy ifoda etilgan. Unda naqoratday takrorlanuvchi "Tirik ekan nega tashlab ketmading?!" kalimasi o'quvchi qalbini larzaga solishi shubhasiz.
Shoir hayotida chuqur iz qoldirgan iztirobli sevgi tarixi bu she’rning yozilishiga turtki bergan. Unda ko‘nglining suygan yoridan ayrilgan lirik qahramon iztiroblari quyuq badiiy bo‘yoqlarda ta’sirli ifodalangan.
Ushbu she'rda Cho'lponning buyuk va xassos qalbini ko'rgandek bo'lasiz. She'r hamdardlik hislariga to'la bo'lib, uni o'qigach, shoir "Binafsha" so'zi ostiga qanday mazmunni berkitganini bilib olishingiz mumkin.
Mazkur g'azal ishqiy lirika mahsuli bo'lib, unda lirik qahramonning qalb tug'yonlari Cho'lponga xos samimiyat va san'atkorlik bilan aks ettirilgan. Shoirning mahorati shundaki, u tasvirda ko'ngilning eng nozik kechinmalarigacha ifodalay olgan.
Mazkur ruboiy didaktik ruhda bo'lib, unda shoir insonni yoshlik damlarini g'animat bilib, vaqtni behuda o'tkazmay, uni foydali ishlarga sarf etishga, xususan, ilm o'rganishga chaqiradi.
Ushbu g'azal hazrat Navoiyning mashhur g'azallaridan bo'lib, u go'zal tasvir bilan boshlanadi: "Kecha kelaman deb va'da berib ketgan yor va'dasiga vafo etib kelmadi Shu kecha mening ko'zlarimga ham tong otguncha uyqu kelmadi. Har lahza uning yo'liga chiqib termulaverib, jon og'zimga keldi-yu, o'sha yomon xulqli sho'x go'zal kelmadi"...