Sahifa yuklanmoqda . . .


Kecha kelgumdur debon...

Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,

Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

 

Lahza-lahza chiqdim-u, chektim yo‘lida intizor,

Keldi jon og‘zimg‘a-yu, ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.

 

Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot,

Ro‘zgorimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi.

 

Ul parivash hajridinkim, yig‘ladim devonavor,

Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.

 

Ko‘zlaringdin necha su(v) kelgay, deb o‘lturmang meni –

Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha su(v) kelmadi.

 

Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsa kim qo‘ydi qadam,

Yo‘lg‘akim, avvalqadam ma’shuqe o‘tru kelmadi.

 

Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘nglung uyin,

Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 03-Yanvarda yuklangan

36835 marta ko'rildi

44 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
kecha sarv gulro' tong uyqu yo'l intizor jon og'iz sho'x badxo' oraz oydin ehtiyot ro'zgor qorong'u parivash yig'i devona kimsa kulgu suv qon tolib sodiq qadam ma'shuq navoiy boda ko'ngul uy qayg'u
Muallif
Alisher Navoiy

Alisher Navoiy

(1441-1501) Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik «ko’p va xo’b» (Bobur) yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko’p va yaxshi yozolgani yo’q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o’zini «Xitodin to Xuroson»gacha yoyilgan turkiy «qavm»larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi -«yakqalam» qildi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi.

Batafsil


Yangi Voqeaband g'azallar Alisher Navoiy Voqeaband g'azallari Alisher Navoiy asarlari