Sahifa yuklanmoqda . . .


Endi she’r yozmayman unga bag‘ishlab...

Endi she’r yozmayman unga bag‘ishlab,
Endi xayolini o‘ylab yig‘layman.
Ana, qorli kecha — oppoq farishta
Bo‘salar olmoqda aziz manglaydan.

Endi maktublar ham bitmayman — tamom!
Zanjirband qilaman telba qayg‘uni.
Ana, qorli kecha — to‘zg‘igan shayton
Olib ketmoqdadir quchoqlab uni.

Nahot, qachonlardir chiqadi quyosh,
Nurga yo‘g‘riladi bu sovuq dunyo?
Endi bu hayotim ketguncha bardosh,
Endi bu hayotim meniki tanho...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 23-Aprelda yuklangan

58 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
she'r sevgi hayot dunyo xayol maktub qayg'u bardosh
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari