Sahifa yuklanmoqda . . .


Xavotir

Endi baxtli bo‘larmikanmiz,

Dilda yana qayg‘ular, g‘amlar.

Endi baxtga kechikkandaymiz,

So‘ngandayin biz yoqqan shamlar?

 

Biz deb kuygan fasllar o‘tdi,

O‘tdi bizni o‘pgan sabolar.

Tark etganday ishq shivirlari,

Dilda tag‘in g‘amgin navolar.

 

Bir paytlar, ey oshiq yigit

Aytar eding: Hayotimga kir!

Oldda meni kutyapti baxt deb,

Seni tashlab ketgandim, kechir!

 

Juda baxtli bo‘lgim kelyapti,

Ko‘zimdan yosh quyilar kulsam.

Nima gunoh axir menda ham,

Saroblarga ishongan bo‘lsam.

 

Bugun shundoq bir g‘arib holman,

Yurak to‘la qayg‘uday, ohday.

Ne qilarim bilmayin lolman,

Oltinlari mis chiqqan shohday.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 05-Aprelda yuklangan

222 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
xavotir baxt dil qayg'u g'am sham fasl sabo tark ishq shivir navo payt oshiq yigit hayot ko'z yosh gunoh sarob ishonch istak g'arib yurak oh oltin mis shoh
Muallif
Guljamol Asqarova

Guljamol Asqarova

Guljamol Asqarova 1978-yil 5-mart kuni Samarqand viloyati, Kattaqo’rg’on tumani, Beshdarg’at qishlog’ida tug’ilgan. O’zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi, 2001 yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining adabiyot yo’nalishi sohibasi. "Dil fasli", "Ro’shnolik", "Bedor qo’ng’iroq","Baxt dastxati" nomli she’riy kitoblari nashr etilgan.

Batafsil


Yangi She'rlar Guljamol Asqarova She'rlari Guljamol Asqarova asarlari