Dedilar: yashamoq — umrlik kurash...
Kurashdim — shon uchun, rizqu ro‘z uchun.
Kurashdim sevgi deb — ko‘ksimda otash,
Kurashdim — qush kabi erkin so‘z uchun.
O‘shanda (oq osmon, qo‘ng‘ir yer guvoh...)
Ismimni bilardi qayrag‘och bargi.
Yuragim tomida yotgan qizg‘aldoq
Kapalak haqida qo‘shiq aytardi.
O‘shanda o‘zim ham olov edim-da,
Tushovini uzgan toyga o‘xshardim,
Akamning choponin ilib egnimga
Qirda quyun bilan kurash tushardim.
O‘shanda jilg‘alar chuchuk til bilan –
Erkalab, toshlarning boshin silardi.
Chig‘anoqlar esa suyuq dil bilan
Toshning kovagida achchiq yig‘lardi.
XX asr. Qanchadan qancha kashfiyotlar, qanchadan qancha ixtirolar, qanchadan qancha o'zgarishlar davri! XX asr. Qanchadan qancha yovuzliklar, qanchadan qancha qonxo'rliklar, qanchadan qancha xunrezliklar davri. Bu asr katta taraqqiyot va tanazzul olib keldi insoniyatga. Insoniyat bu davrda juda ko'p narsa topdi va yo'qotdi. Ushbu she'r o'tgan asrning butun saodati va fojiasini ko'rsatib beruvchi yorqin ko'zgudir.