Sahifa yuklanmoqda . . .
Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing
Taxtlar quladi, toptaldi tojlar,
Xudolar yiqildi yuztuban.
O'zligin tanidi muhtojlar,
Qit'alar uyg'ondi uyqudan.
So'zlarimiz ba'zan qon, chaqin,
Temir jarangi-la yozildi.
Atom maydalandi, oy bo'ldi yaqin,
Mozorlar, darsliklar buzildi.
Barini ko'rdim... Sevdim asrimni,
Butun fojiasi - dahshati bilan.
Butun go'zalligi, qudrati bilan,
Sevdim men zamondosh naslimni.
Kurashish, yemirish, yaratish, qurish -
Mana shunday bo'ldi asrimizda baxt.
Sizda qanday bo'lar, men bilolmadim,
Bizda shunday bo'ldi hamma vaqt.
Roman, qissa, hikoyalari va she’riyati o’zining falsafiy teranligi, yoqimli badiiy mavjlari bilan o’quvchini rom etadi. «Opa-singillar», «Tug’ilish», «Davr mening taqdirimda», «Chinor», «Amu», «Jar yoqasida chaqmoq», «Buxoroning jin ko’chalari» singari yirik nasriy asarlari elga manzur. Adib yangicha mazmuniy va shakliy izlanishlarining samaralari bilan ham o’zbek adabiyoti tarixida o’ziga xos iz qoldirdi.