Sahifa yuklanmoqda . . .
Chaqmoq - Asarlar - chaqmoq so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Biz parallel chiziqlarmiz, Uchrashmaymiz hech qachon. Olg‘a qarab talpinamiz, Izma-izmas, yonma-yon.
Ko‘zlari chaqmoq tulpor, Tuyog‘i chaqmoq tulpor. Suvliq lablarin yirtgan, Yollari bayroq tulpor.
Osmon olis edi, osmon jim edi, Soddaman, bilmasdim chaqmoqning kuchin. Tunov kun yoningda turgan kim edi? Ko‘nglimni tarjima qildim sen uchun.
Hilviroq kitobni zarb bilan yopdim, Ko‘hna bo‘y urilib buzdi ko‘nglimni. Xazon to‘shagidan bir gavhar topdim: Visol – muhabbatning go‘zal o‘limi. Bulutlar uchrashdi chaqmoqlar otib, Chaqmoq – sog‘inchlarning oydin gulimi? Yomg‘ir shivirladi to‘kilayotib: Visol – muhabbatning go‘zal o‘limi. Daryo quchog‘ida tosh qotgan toshlar, Eshitib zerikkan sevgi o‘lanin. Daryo to‘rt tomonga o‘zini tashlar: Visol – muhabbatning go‘zal o‘limi. Yolg‘izim, bizlarni siyladi taqdir, Ming usulda to‘sdi borar yo‘limni. Sevgimiz bezavol yashaydi, axir – Visol – muhabbatning go‘zal o‘limi. 1997
Oqshom bo‘yi osmonda suzgan Bulutlarning rangi qoramtir. Uni mendan ajratib turar Tun chiroqdan oqayotgan nur. Men gullarning sochini o‘rdim, Ermak qildim yolg‘izligimdan. Bashorat qil, ey lo‘li ayol, Baxtli yoki baxtsizligimdan. Derazamga urildi chaqmoq Bor arazi, kinlari bilan...
Sen bor, men bor, demak, dunyo bor, Yerning ikki qutubi kabi. Demak, shunday taqdiri azal, Demak, shunday umr daftari. Qayda bo‘lsang, men qarshingdaman, Qayda bo‘lsam, sen qarshi tomon. Demak, shunday sevasan, erkam, Demak, shunday, sevaman, ishon! Yomg‘ir bo‘lding, to‘kilding, toshding, Olovlarga aylanib yondim...
Hayot juda go'zal. Yashamoq zavqli. Har bir nihoyaning ibtidosi bor. Qish qahratonidan so'ng bahor quyoshining zarrin yog'dusi olamni munavvar etib, dillarga hayot zavqini qaytaradi. Borliq nurlarga, gullarga va ko'm-ko'k maysalarga to'ladi. Maysalar qatida hayot toshadi. Maysalar bomba o'pqonlari-yu yong'in bo'lgan joylarni ham chetlab o'tmaydi. Borliqning barcha ayblarini yopib, odamlarga dunyoni yanada go'zal ko'rsatadi...
Bir tomchi suvda azim ummonlar siyrati zohir bo'lgani yanglig' har bir she'r shoirning qalbini aks ettiruvchi bir ko'zgudir. Bu ko'zguda shoirning butun haqiqati, e'tiqodi, quvonch-u qayg'ulari, dard-u dunyosi namoyon bo'ladi. "Tuyg'ular" deb atalgan mazkur o'ziga xos to'plamdan o'rin olgan she'rlar shoirning ko'ngil olamiga sayr etishingiz va uning shaxsini o'zingiz uchun kashf etishingizga yordam beradi.
Bu she'r dunyoni nuqsonsiz ko‘rmoqchi bo‘lgan hassos odam qalbining tub-tubidagi og'riq - millat dardi, vatan tuyg'usi in'ikosidir, Chunki asl vatan tashqarida yotgan tuproq emas, balki shu tuproqqa nisbatan kishining ko‘ksida paydo bo‘lgan munosabatdir, muhabbatdir. Vatan tushunchasi odamning tashqarisidagi tuproqdan uning ruhiyati unsuriga aylangandagina haqiqiy qimmat kasb etadi. Poklanmoqchi bo‘lgan, haqiqatga intilayotgan inson najotni jamiyatdan, insonlardan emas, o‘zidan, yuragidan qidirishi lozimligi, har kimning himoyalanadigan qo‘rg‘oni o‘zida ekanligi she’rda go‘zal yo‘sinda, mutlaqo o‘ziga xos shaklda tasvirlangan.
Usmon Nosirning «Yurak» she’ri shoirning insoniy xarakterini va ijodiy taqdirini o‘zida mujassam etgan she’rlar sirasiga kiradi. Shoir Yurak obrazini o‘zining ilhomi, ijodiy intilishlari, his-tuyg‘ulari, orzu-o‘ylarining mujassam timsoli deb biladi. Ya’ni uning Yurakka murojaati, aslida, o‘z shaxsiga, ijodiga murojaatidek yangraydi.