Sahifa yuklanmoqda . . .


Hilviroq kitob

Hilviroq kitobni zarb bilan yopdim,

Ko‘hna bo‘y urilib buzdi ko‘nglimni.

Xazon to‘shagidan bir gavhar topdim:

Visol – muhabbatning go‘zal o‘limi.

 

Bulutlar uchrashdi chaqmoqlar otib,

Chaqmoq – sog‘inchlarning oydin gulimi?

Yomg‘ir shivirladi to‘kilayotib:

Visol – muhabbatning go‘zal o‘limi.

 

Daryo quchog‘ida tosh qotgan toshlar,

Eshitib zerikkan sevgi o‘lanin.

Daryo to‘rt tomonga o‘zini tashlar:

Visol – muhabbatning go‘zal o‘limi.

 

Yolg‘izim, bizlarni siyladi taqdir,

Ming usulda to‘sdi borar yo‘limni.

Sevgimiz bezavol yashaydi, axir –

Visol – muhabbatning go‘zal o‘limi.

 

1997


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 14-Sentabrda yuklangan

111 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
hilviroq kitob xazon bulut chaqmoq yomg'ir visol daryo sevgi muhabbat go'zal
Muallif
Iqbol Mirzo

Iqbol Mirzo

Iqbol Mirzo (Iqboljon Mirzaaliev) 1967 yil, 1 mayda Farg'ona viloyati, Bag'dod tumaniga qarashli Qo'shtegirmon qishlog'ida tug'ilgan. O'zbekiston halq shoiri (2005). «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (1999).

Batafsil


Yangi She'rlar Iqbol Mirzo She'rlari Iqbol Mirzo asarlari