Sahifa yuklanmoqda . . .
Osmon - Asarlar - osmon so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Ona! Davralarning guli bo‘ldim men, Yolg‘on maqtovlarning quli bo‘ldim men. Quyoshning tik ketgan yo‘li bo‘ldim men, Qumlari to‘zg‘igan cho‘lcha qadrim yo‘q.
Osmon olis edi, osmon jim edi, Soddaman, bilmasdim chaqmoqning kuchin. Tunov kun yoningda turgan kim edi? Ko‘nglimni tarjima qildim sen uchun.
Ona, o‘lma, agar sen o‘lsang, O‘zim bilmay biror ayb qilmay. Mehr izlab, shirin so‘z izlab, Har eshikda sarg‘ayib yurmay.
Katta qora pashsha tinimsiz g‘ing‘illab deraza oynalariga o‘zini uradi, xona torlik qilayotgandek, yorug‘ dunyoga chiqib ketmoqchi bo‘ladi, toqatsiz g‘ing‘illaydi, qanotlarini vizillatib yana oynaga yopishadi, yana g‘ing‘illaydi… Deraza tagida yotgan usta Sobitali tush ko‘rardi. Tushida bundan ellik yillar chamasi naridagi – yigirma besh yoshlik davrlari.
(Hazil) Men dedim: “Yarqillagan Ikki ko‘zingga bandaman”. U dedi: “Sen yerdasan-ku, Men axir osmondaman”
Tongi shafaq osmon bag'rida, Bir ajoyib chiroy ko'rindi, Mo'ltillagan ko'zlar ostida Mittigina ko'z yosh ko'rindi.
Osmonda bir burgut uchib yuribdi, Qanotin silkitar mag‘rur va masrur. Eh, uning ko‘zlari yonib turibdi, Otash nigohida qat’iy bir g‘urur.
Boshimizda bir parcha osmon, Poyimizda bir qism tuproq. Otingni ko‘p qistama, o‘g‘lon, Yana o‘zing bilasan biroq…
Boshing egib, ta’zim ayla, shukrona ayt, Seni guldek erkalagan chaman uchun. Osmonlarda yurgan bo‘lsang, tuproqqa qayt, Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun? Ko‘zi qora, yuragi oq shu el uchun, Tuproq uchun, shu yurt uchun, chaman uchun, Ulug‘ inson boshlab bergan shu yo‘l uchun, Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?
Osmonimni obod qilgan qamar eding, Balolardan saqlaguchi tumor eding. Ko‘zlarimga mudom ko‘zi xumor eding, Yo‘llarimni yoshing bilan yuvar eding, Meni desa joningni ham berar eding.
Kuyov bolam, o'z bolam, Mani qorako'z bolam, Dilimda bir so'z, bolam, Qizim yomon - siz yaxshi. Erka bolam, arslonim, Oyim turgan osmonim, Qo'lingizdadur jonim, Qizim yomon - siz yaxshi...
Osmonda bir ho’kiz – nomimish Parvin, Birisi quyida ko’tarar zamin. Ko’zingni katta och, qo’sh ho’kiz aro – Ko’rib qo’y qanchalab eshak yurganin.
Bu kajraftor osmon qilmishi nosog’, Qilgani bormi hech kimsa dilin chog’? Dunyoda kimniki ko’rma, dog’ dili, Falak esa qo’yar dog’ ustiga dog’.
Sabab sahrosida kimki sargardon, Ishlarin uningsiz yuritar Yazdon, Bu kun bir bahona o’rtaga tashlab, Erta bajo bo’lur taqdiri osmon.
Bu bepoyon osmon holidan oson Xabar topdi faqat ikki tur inson: Yo yaxshi-yomondan xabardor olim, Yo o’zin bilmas mast – aqli parishon.
Ma’yus kunim ko‘zim tushsa, Kuyar osmon, tushunmaysan. Meni samo tushungaydir, Sen, ey inson, tushunmaysan.. Kuyib ko‘ksim o‘tar bo‘lsam, Oqar bo‘lsam, ketar bo‘lsam, Meni daryo tushungaydir, Sen, ey ummon, tushunmaysan...
Osmon yerga engashib, Bulut sog'di kun bo'yi, Yolg'onchi yor to'yida Yomg'ir yog'di kun bo'yi. Yomg'ir emas, bu xalqob Kelinchak ko'z yoshidir. Yig'lama yor, qiz bola Palaxmonning toshidir...
Marg`ilonda Kumushni ko`rdim, Ko`ziga yosh olib turibdi. Sochlarini maydalab o`rib, Otabekni kutib yuribdi. Tongda turib qalam qoshiga O`sma qo`ygan ekan quribdi, Ko`zdan oqqan achchiq yoshlari O`smasini yuvib turibdi...
Bu Momo Havodan ularga odat: Ushlasa gul ushlar qo`lini faqat, Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin O`psa faqat shamol o`par yuzlarin. Bu Momo Havodan ularga odat: Nozik belda qirqta kokili qavat, Silasa yomg`irlar silaydi faqat, Ko`rsa faqat osmon ko`rar ko`zlarin — Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin...
Mening shodligimsan, bolaligimsan, Mening g`ussam o`zing, mening armonim. Seni osmonimga olib ketaman, Yerda bizga kun yo`q, kun yo`qdir, jonim!.. Xato qildimmikan men erta kelib, Yo sen adashdingmi kelib keyinmi? Goho kimliging ham bo`lmaydi bilib, Inim deymi seni, sevgilim deymi?..
Muhabbatim, qaydasan qalb ardog`im, Jayronko`zim, qirlarda qolgan ohum. Qo`lim tegmay to`kilgan qizg`aldog`im, Endi seni izlab qaydan toparman... Kelar bo`lsang, yo`lingga gul to`shardim, Sen Layliga, men Majnunga o`xshardim, Bu dunyoda hijron yo`q deb yashardim, Endi seni izlab qaydan toparman...
Ko`nglim qolsa bulbuldan ham, guldan ham, Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham… Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham – Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u… Sig`may qolsam shunday keng bu jahona, Osmonlarga ruhim bo`lsa ravona, Jonsiz tanim ustida ham parvona – Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u…
Nimjon tovush keldi qozondan: -Afsus, dilni eritmas so’zing. Axir, halim ko’nglim bor edi, Bag’rim toshga to’ldirgan o’zing. Ilinjim-la yiqildi ko’klam, Ko’zlarimni ozdirdi yoshlar. Boshim uzra silkinar osmon, Oyoq tagim-yuraksiz toshlar… Axir,men ham halimdil edim, Qani chechak taqqan yillarim?..
Sezyapsanmi, yog’moqda yomg’ir, Butun dunni yuvmoqda osmon. Yelkamdagi shaytonni haydab, Ko’zlarimga tikildi Rahmon: -Nega ko’ksing og’riqqa to’lgan, Qorachig’ing bo’yalmish g’amga? Mayli, yig’la sirlaring aytib, Bu g’am ko’plik qilar odamga. Nogoh sening so’zing esladim, Yuzlarimga yugurdi kulgu...