Sahifa yuklanmoqda . . .

Muhammad Rizo Ogahiy Yakpora g'azallari

Muhammad Rizo Ogahiy Yakpora g'azallari - Mumtoz she’riyatda g’azal shoirning salohiyati ko’lamini anglatuvchi asosiy janr hisoblangan. Har bir ijodkorning maqomi uning g’azalchilikdagi mahorat darajasi bilan belgilangan. Mazkur to'plamdan g'azalnavis ijodkorlarimizning eng sara yakpora g'azallari o'rin olgan.

Ogahiy g'azallari o'zining ham mazmuniy, ham shakliy jihatdan yetukligi bilan adabiyot bo'stonida o'zining alohida o'rniga ega. Xususan, mazkur g'azalni o'qigan kitobxon ham, bir tomondan, oshiq qalbidagi tuyg'ularning sof va samimiyligidan ilhomlansa, boshqa tomondan, g'azalning go'zal va o'ynoqi ohangidan zavq tuyadi.

4283
Yakpora g'azal
Muhammad Rizo Ogahiy
Botir Qodirov

Tasavvufiy ruhda bitilgan asarlarni o'qish kishidan alohida tayyorgarlikni talab qiladi. Xususan, bunda tasavvufiy istilohlardan boxabar bo'lish lozimdir. Yo'qsa, asar ma'nosi anglashilmaydi yoki butunlay zid ma'noda tushunilishi mumkin. Ushbu g'azalda ham lirik qahramon yorga yolborib: "Bir bo'sa ber", deya o'tinar ekan, bunda solih bandaning Allohdan lutf-u marhamat tilayotganini ko'rishimiz mumkin.

1
1889
Yakpora g'azal
Muhammad Rizo Ogahiy
Botir Qodirov

Ushbu g’azalni o’qir ekansiz, unda ifodalangan oshiqning samimiy so’zlari sizni beixtiyor o’ziga maftun etadi. Yor o’z jafolari bilan oshiqqa qancha zulm qilmasin, oshiq uchun bu azoblar ham rohat bo’lib tuyuladi va buning uchun yorga “Sallamno - tasanno” deydi.

3676
Yakpora g'azal
Muhammad Rizo Ogahiy

Himmat nima? Ba'zilar uni faqat kimgadir nimadir bera olish fazilati deya tushunadilar. Yo'q, faqat bugina emas. Aslida himmat - bu o'zingizdan-da baland bo'lmoq. Ya'ni o'z istaklaringizni, aniqrog'i, nafsingiz istaklarini yengib o'tmoqlikdir. Mazkur g'azal bizga ushbu masalada saboq beradi.

867
Yakpora g'azal
Muhammad Rizo Ogahiy

Shoirning muhabbat lirikasida ushbu g'azal o’ziga xos maqomga ega. Bu she’rda oshiq ma’shuqadan marhamat kutadi. Yordan hajr tunida fig’on chekayotgan oshiqqa rahm etishni o’tinadi. Mahbuba shu qadar sitamkorki, uning jabri zo’rligidan oshiq joni tanasini tashlab ketar holga yaqinlashib qolgan...

2197
Yakpora g'azal
Muhammad Rizo Ogahiy

Mazkur g'azalda shoir dilbarning afsonaviy tasvirini beradi. Uning olamni gado qilgulik portretini chizadi. Shu asnoda oshiqni unga bog’lab turgan insoniy rishtalarni ham ko’rsatadi. Oshiq javobsiz, umid qilmaydigan muhabbati bilan yorga intiladi. U ma’shuqaga yetishishdan emas, balki intilishning o’zidan masrur...

1625
Yakpora g'azal
Muhammad Rizo Ogahiy

Ushbu g'azal Ogahiy she'riyatining badiyati darajasini yaqqol ko'rsatib beruvchi asarlar sirasiga kiradi. Bir qaraganda, bu she'r sof ishqiy lirikadek taassurot uyg'otsa-da, uning qatiga chuqurroq kirib borar ekanmiz, ko'ramizki, unda falsafa ham, axloq ham, ijtimoiyot ham, hatto siyosat ham bor. Biroq yetakchi ohang baribir ishqdir.

19768
Yakpora g'azal
Muhammad Rizo Ogahiy