Sahifa yuklanmoqda . . .


Ey quyosh, yuzing ochgin...

Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing

Ey quyosh, yuzing ochgin, g`am tunida zoringman.
Sidq ila nafas urg`on subhi beg`uboringman.

San jamol-u hashmatda husn mulki shohisan.
Man malol-u kulfatda bandai nazoringman.

Qilma ayb agar qilsam ishqing ichra ojizliq,
Qariliq yuki bosg`on zori bemadoringman.

Garchi o`zgalar yonliq aylay olmog`im xizmat,
Lek alar qatorida bir umidvoringman.

Necha umrlardurkim furqati g`ami ichra
Yig`labon kecha-kunduz zori beqaroringman.

Marhamat ko`zi birla holima nazar qilg`il,
Ko`ying ichra yer tutg`on bir duoga zoringman. 

Istasam aziz bo`lmoq, tong yo`q iltifotingdin.
Chunki Ogahiy yanglig` ishq ichra xoringman.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 21-Aprelda yuklangan

7056 marta ko'rildi

20 kishi kutubxonasiga qo'shdi

Botir Qodirov kuyladi


Tayanch tushunchalar:
quyosh yuz g'am tun sidq nafas subh jamol hashmat husn mulk shoh malol kulfat banda nazor ayb ishq ojizlik qarilik yuk xizmat umid umr furqat yig'i kecha kunduz qaror marhamat ko'z hol nazar ko'y yer duo
Muallif
Muhammad Rizo Ogahiy

Muhammad Rizo Ogahiy

(1809-1874) Alisher Navoiydan keyin o’zbek adabiyoti tarixida ijodining ko’lamdorligi jihatidan birorta adib Ogahiy bilan bellasholmaydi. U yigirma ming misradan ortiqroq she’rlar, olti tarixiy asar, o’n to’qqiz tarjima asari qoldirgan. Uning «Ta’viz ul-oshiqin» («Oshiqlar tumori») devoni mashhurdir. Devonga o‘zbekcha she’rlar bilan birga fors-tojik tilida yaratilgan asarlari ham kiritilgan.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Muhammad Rizo Ogahiy Yakpora g'azallari Muhammad Rizo Ogahiy asarlari