Sahifa yuklanmoqda . . .


Bizki bukun jahon aro kishvari faqr shohimiz...

Bizki bukun jahon aro kishvari faqr shohimiz,

Boshimiz uzra ohimiz shu’lasidur kulohimiz.

 

Qasri rafimiz buzuq kulbayi ko’hnamiz bo‘lub,

Go‘shayi ajz-u maskanat tufrog’i taxt-u johimiz.

 

Markab g‘am samandimiz, domi alam kamandimiz,

Nolayi zor tug’imiz, xayli balo sipohimiz.

 

Lashkari kibr-u naxvat-u nafs ila tuzgali masof,

G‘amkadamiz fazosidur arsayi razmgohimiz.

 

Kim bo‘la olg’usi taraf bizgaki, ashk-u ohdin

Tutti yer-u sipehrni shavkat-u dastgohimiz.

 

Martabayi urujimiz ajz ila o’yla tutti avj

Kim, bo‘la olmag‘ay yeti charx g‘ubori rohimiz.

 

Himmatimiz baland erur o’ylaki, hech tushmagay,

Dahr dani arusining jilvasig‘a nigohimiz.

 

Olami faqr bazmida jomi sabuhi ichkali,

Subhi safidimiz erur bizga shabi siyohimiz.

 

Shohidi ma’niyi vafo ishqini da’vi etkali,

Chehrayi zard-u, qaddi xam keldi iki guvohimiz.

 

Bizni bu dahr bog’ining ishrati orzusidin,

Shukrki, forig aylemish marhamati ilohimiz.

 

Ogahiy, bo‘lsa tong emas faqr eli gar muteimiz,

Bizki bukun jahon aro kishvari faqr shohimiz.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 10-Yanvarda yuklangan

373 marta ko'rildi

3 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
jahon kishvar faqr shoh bosh oh shu'la kuloh qasr buzuq kulba ko'hna go'sha tufroq taxt joh g'am alam nola zor xayl balo sipoh lashkar kibr nafs fazo razm ashk yer shavkat martaba avj charx g'ubor roh dahr himmat olam bazm jom vafo bog' ogahiy
Muallif
Muhammad Rizo Ogahiy

Muhammad Rizo Ogahiy

(1809-1874) Alisher Navoiydan keyin o’zbek adabiyoti tarixida ijodining ko’lamdorligi jihatidan birorta adib Ogahiy bilan bellasholmaydi. U yigirma ming misradan ortiqroq she’rlar, olti tarixiy asar, o’n to’qqiz tarjima asari qoldirgan. Uning «Ta’viz ul-oshiqin» («Oshiqlar tumori») devoni mashhurdir. Devonga o‘zbekcha she’rlar bilan birga fors-tojik tilida yaratilgan asarlari ham kiritilgan.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Muhammad Rizo Ogahiy Yakpora g'azallari Muhammad Rizo Ogahiy asarlari