Sahifa yuklanmoqda . . .

Shavkat Odiljon Hikoyalari

Shavkat Odiljon Hikoyalari - Ushbu to'plamdan o'zbek va jahon hikoyalarining eng sara namunalari o'rin olgan. Bu yerda siz fransuz, ingliz, nemis, rus, hind, eron va amerika hikoyalarini o'zbek tilida o'qish imkoniyatiga egasiz.

Latofat bilan Sherzodning turmush qurganlariga o‘n yildan oshdi. Biroq farzand ko‘rishmadi. Hayotdan nolishmaydi. Hamma narsalari bor. Lekin bolaning o‘rni boshqa. Ular xudodan erta-yu kech farzand tilashadi. Xonadon sohibi Sherzod ichki ishlar xodimi, kapitan. Uning ko‘p vaqti ko‘chada — ishda o‘tadi. Latofat uy bekasi — uzzu-kun erini kutishdan o‘zga iloji yo‘q.

565
Hikoya
Shavkat Odiljon

Qishloqning markazidagi eski do‘konning yonidan o‘tgan ko‘chada joylashgan hashamatli imorat, bu — Xurmoli qishlog‘ining oqsoqoli Sotimxon degan odamning uyi edi. Sotimxon bo‘ydor, elkalari keng, ustida doim kamzul, boshida do‘ppi, oyog‘ida kovush kiyib, qishloqning to‘-yu marakalarida boshchilik qilardi.

412
Hikoya
Shavkat Odiljon

U manziliga etmasdan ulovdan tushdi va xuddi yayov yurishni istaganday eski masjid tomonga jo‘nadi. O‘zicha birovdan najot kutdi. Xayolida hozir mo‘‘jiza yuz beradiganday suyundi. Lekin bu quvonch uzoqqa cho‘zilmadi. U temir panjara oldida to‘xtadi. O‘zicha «Boshimizda bor savdo» deb ming‘irladi. Picha vaqt atrofga alanglab turib qoldi, ko‘zlari keskin o‘zgardi...

505
Hikoya
Shavkat Odiljon

Go‘dakligimda dadam hecham ishga bormasa, tongdan tungacha meni «ho‘ppa-ho‘ppa»lab yuqoriga otib ko‘nglimni xushlasa derdim. Oyim nega ishlarkin-a? Aqlimga sig‘dirolmasdim. Keyin bilsam bari men uchun ekan. Mening shodligim, kelajagimga zamin yaratish payida yurisharkan.

312
Hikoya
Shavkat Odiljon

Qiyali qishlog‘ida duv-duv gap tarqaldi. Xotin-xalaj birlashib g‘iybatning uyasini kovlashadi. Biri: — Eshitdilaringmi, Aziz fermer bir haftadan beri yo‘q emish, — desa, boshqasi: — Xotinidan biror erga qochib ketgandir-da, — deb xandon otardi. Ba’zilari achingannamo: — Mastura sho‘rlikka ham qiyin bo‘ldi, — derdi.

276
Hikoya
Shavkat Odiljon