Sahifa yuklanmoqda . . .

Yara - Asarlar

Yara - Asarlar - yara so'zi ishtirok etgan barcha asarlar

Ko‘zlarini ochib-yumar Mitti qushcha - yarador. Falak, unga najot yubor, O‘lim, bo‘lma xaridor.

171
She'r
Usmon Azim

Eykim, yoraliq jismima marham sensen, Majruh ko‘ngulg'a nishtarim ham sensen. Gah shod-u, gahi g'amgin esam, ayb etma, Kim boisi shodmonlig'-u g'am — sensen.

613
Xos ruboiy
Zahiriddin Muhammad Bobur

Baloyi ishqki, har dam manga jafoyedur, Bu ishqdin kecha olmon ajab baloyedur. Xali labig'a tutash bo‘lsa, ey ko‘ngul, ne ajab, Ki Xizr chashmayi hayvong'a rahnamoyedur. Yarar bu xasta ko‘ngul dardig'a o‘qin yarasi, Magarki har yarasi yorning davoyedur. Bahor faslidur-u may havosi boshimda, Ayoq tut menga, soqiyki, xush havoyedur. Ul oy raqibg'a bo‘ldi rafiq-u Boburning, Rafiq-u hamdami hajrinda oh-u voyedur.

645
Yakpora g'azal
Zahiriddin Muhammad Bobur

Tangri, o’zing shunday yaratding meni, May-u cholg’uchiga qaratding meni, Azalda shu xilda yaratib qo’yib, Nechun do’zaxingga qulatding meni?!

177
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Jismimda jon borligin dardim aytar, Yaratgan der: "Haq so'zni mardim aytar", Kimligimni el ichra qadrim aytar, Har bandaning qanoti qayrilmasin, Umrin bersin, baxtidan ayrilmasin. Yomg'iri yo'q bulutni bulut demang, Qanot kergan quzg'unni burgut demang, Ko'ngil ko'rki - ishq dardin unut demang, Oshiq bo'lsa, ohidan ayrilmasin, Osmon bo'lsa, mohidan ayrilmasin...

404
She'r
Mahmud Toir
Iskandar Hamroqulov

Bu she'r ayriliqdan hikoya qiladi. Unda dastlab beg'ubor bolalik o'yini - bekinmachoq haqida so'z boradi. Bolacha va qizcha har kuni bekinmachoq o'ynaydilar. Qiz berkinadi, bola uni hech bir qiyinchiliksiz topadi... Shu tarzda yillar o'tadi. Bir kuni to'satdan qiz chimildiqqa bekinadi. Yigit noilojlikdan hammasi bir o'yin deydi va taqdirga ko'nadi. Shundan beri u qizni ko'cha-ko'yda ko'rgan zahoti bekinib oladi. Qiz ham uni zimdan ko'rib tursa-da, hech qachon uning yoniga topib bora olmaydi...

238
She'r
Nodir Jonuzoq

XX asr. Qanchadan qancha kashfiyotlar, qanchadan qancha ixtirolar, qanchadan qancha o'zgarishlar davri! XX asr. Qanchadan qancha yovuzliklar, qanchadan qancha qonxo'rliklar, qanchadan qancha xunrezliklar davri. Bu asr katta taraqqiyot va tanazzul olib keldi insoniyatga. Insoniyat bu davrda juda ko'p narsa topdi va yo'qotdi. Ushbu she'r o'tgan asrning butun saodati va fojiasini ko'rsatib beruvchi yorqin ko'zgudir.

402
She'r
Asqad Muxtor
Asqad Muxtor

Mazkur doston an’anaviy poemalar singari biror sujet asosiga qurilmagan. Unda shoirning xalq va vatan tarixiga hissiy nazari, millat va uning qismati to‘g‘risidagi o‘ylari aks etgan. Milliy adabiyotimizda shu kunga qadar bu yo‘sindagi doston yaratilmagan edi. Dunyo dostonchiligi tajribasida ham bunday asar ko‘p uchraydi, deb bo‘lmaydi. Asarda shoir adashgan ruhning nigohini aks ettirishga, ruhidan ayrilgan shaxsning, millatning hissiyotini ifodalashga uringan.

714
She'r
Rauf Parfi O'zturk

Bu she'r dunyoni nuqsonsiz ko‘rmoqchi bo‘lgan hassos odam qalbining tub-tubidagi og'riq - millat dardi, vatan tuyg'usi in'ikosidir, Chunki asl vatan tashqarida yotgan tuproq emas, balki shu tuproqqa nisbatan kishining ko‘ksida paydo bo‘lgan munosabatdir, muhabbatdir. Vatan tushunchasi odamning tashqarisidagi tuproqdan uning ruhiyati unsuriga aylangandagina haqiqiy qimmat kasb etadi. Poklanmoqchi bo‘lgan, haqiqatga intilayotgan inson najotni jamiyatdan, insonlardan emas, o‘zidan, yuragidan qidirishi lozimligi, har kimning himoyalanadigan qo‘rg‘oni o‘zida ekanligi she’rda go‘zal yo‘sinda, mutlaqo o‘ziga xos shaklda tasvirlangan.

347
She'r
Rauf Parfi O'zturk

Inson bolasi yaralibdiki, qullikka, erksizlikka, mutelikka qarshi kurashib keladi. Tabiatan erk farzandi bo‘lgan shoir uchun o‘zidan minglab yillar ilgari o‘tgan insonlar qismati ham begona emas. U erksizlikning har bir qurbonini o‘z tug‘ishganiday ko‘radi, zolimlardan ularning xunini so‘raydi. Mazkur she'r go‘yo Usmon Nosirning o‘zini kutayotgan og‘ir erksizlik, surgun zulmatlariga oldindan ko‘targan isyonidek yangraydi!

5320
She'r
Usmon Nosir

Mazkur tuyuq "yoro" so'zining tajnisi asosiga qurilgan bo'lib,u quyidagicha ma'no tovlanishlariga ega: "Yor vasli haqida bir so'z demoqlikka madorim yo'q (yaramayman). Ey yor, hajr aro menga rahm ayla. Sen otgan o'qlar qalbimga juda yomon jarohat (yara) yetkazdi, endi lutfing marhamati bilan uni tuzat (korimga yara)".

1041
Tuyuq
Zahiriddin Muhammad Bobur