Sahifa yuklanmoqda . . .
Kema - Asarlar - kema so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Qaldirg‘och – ko‘klamning langari, Hut keldi bulutda – kemada. Sakradi yashillik lashkari, Faqat Gul kelmadi, kelmadi. Nimpushti, nimyashil, nafarmon – Ranglarga bog‘larni beladi. Unga na qonun bor, na farmon… Faqat Gul kelmadi, kelmadi.
Har qachonki, kemaga ul oy safar raxtin solur, Mavjlig‘ daryo kibi oshufta ko‘nglum qo‘zg‘olur. Yig‘lama ey ko‘z, nedin sohilg‘a chiqmas kema deb, Kim yoshing daryosidur har soriga el ko‘z solur.
Yanguli — suxumilik grek Xrista Aleksandridining oʻgʻli. Choʻpday ozgʻin, yelkalari turtib chiqqan, qirraburun, koʻzlari charosdek qop-qora, qoʻllari uzunligidan tizzasiga tushib turadigan oʻn toʻrt yoshli bu bola yon-atrofdagi tengqurlari uchun naqd azroilning oʻzi edi. Yanguli otasi bilan Venetsian koʻchasida, Chalbash daryosining boʻyida yashardi. Onasini eslolmaydi — chaqaloqligidayoq yetim qolgan. Ota-bolaning bor-yoʻq davlati bir parcha tomorqa, bittagina sigir va eshakdan iborat. Oshkoʻk, sut-qatiq sotib kun koʻrishadi. Yanguli hech qayerda oʻqimasdi. Otasining yumushlariga qarashar, ahyon-ahyon eshakda qoʻshnilarga sut-qatiq tarqatar edi…
Soqiy lablaridan rang olmish yoqut, G’ami dilga quvvat, jonga berar qut. Ishqi to’fonida kim g’arq bulmadi, Go’yo Nuh kemasi unga bir tobut.
Butun borliq mo'jiza. Tabiat o'z bag'riga ne-ne sinoatlarni berkitmagan deysiz. Har yil unda qanchadan qancha gul-u giyoh unib-sunadi, fasllar almashadi, kecha kumush qor bag'rida sokin orom olgan tog'-u toshlar bugun yana gullarga burkanadi. Har yil soyda qanchadan qancha suvlar oqib o'tadi. Bularning bari behikmat-behuda emas. Ularning barchasi o'zgarmas qoidaga - Oliy Qonunga bo'ysunadi.
Bu she’rda imon, e’tiqod, halollik yo‘liga tushgan solih inson ruhiy holati aks etgan. Lirik qahramon atrofidan ezgulik nishonalarini izlaydi va topolmagani uchun unga olam kir, sovuq, vayrona holida ko‘rinadi. Bu holat shoirni muvozanatdan chiqaradi, umidsizlantiradi. U olam tartibotining asosi, mavjudlikning mohiyati haqida og‘ir va xavotirli o‘yga botadi...
Ushbu she'r chin do'stlik haqidagi qiziq bir hikoya bo'lib, unda safarga chiqqan ikki do'stning bir-birlariga qanchalik vafodor ekanliklari ko'rsatiladi.