Sahifa yuklanmoqda . . .
Tabiat gullaydi, so'ladi,
Fasllar o'tadi - yangragan qo'shiq.
Bizlar esa uning bir bo'lagi -
Minnati yo'q, manfaati yo'q.
Tog'lar dunyo qadar qadim ko'rinar,
Og'ir, sobir, kamtar, bag'ri to'q.
Kumush qorlar yog'ar, toshda gul unar,
Minnati yo'q, manfaati yo'q.
Yomg'irdan so'ng kamalak balqib,
Ostida daryoday mavjlanar ufq.
Ranglar, kenglik, yog'du - xushbo'y, salqin,
Minnati yo'q, manfaati yo'q.
Tabiatga faqat safar muqaddas,
Suzishga sozlangan kemadek
Yashar va sir so'rab sizni qiynamas
Hayotdan muddao nima deb...
Roman, qissa, hikoyalari va she’riyati o’zining falsafiy teranligi, yoqimli badiiy mavjlari bilan o’quvchini rom etadi. «Opa-singillar», «Tug’ilish», «Davr mening taqdirimda», «Chinor», «Amu», «Jar yoqasida chaqmoq», «Buxoroning jin ko’chalari» singari yirik nasriy asarlari elga manzur. Adib yangicha mazmuniy va shakliy izlanishlarining samaralari bilan ham o’zbek adabiyoti tarixida o’ziga xos iz qoldirdi.