Sahifa yuklanmoqda . . .


Chin do'st

 

Ikki odam bir-biriga do’st bo’ldilar chunon,

Bir nafas ayrilmas erdi bir-biridan ikki jon.

Maslahat birla safar qilmoqni aylab ixtiyor,

Bo’ldilar sahro tamoshosi uchun bir kun ravon.

 

Yo’lda bir daryodan o’tmak to’g’ri keldi do’stlara,

O’lturub bir kemaga ketmog’da erdilar hamon.

Bir zamon to’lqun kelub ul kemani qildi xarob,

Ul iki o’rtog’ yiqildilar suv uzra nogahon.

 

Suv yuzinda ul zamon ketmakda erdilar oqib,

Suvchilar keldilar ushlab olg’ali suvdan amon.

Ul iki do’stning birini tutsa, suvchig’a dedi:

Qo’y mani, avval borub, do’stumni qutqar beziyon.

 

Suvchi borub ushlasa o’rtog’ini,

Ul ham aylar do’st qutulsun deb fig’on.

Ko’rdingizmi, ey suchuk o’g’lonlarim,

Do’stlig’dan bu siza bir doston.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 18-Yanvarda yuklangan

846 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
do'st odam nafas jon maslahat safar ixtiyor sahro tomosha kun yo'l daryo kema zamon to'lqin xaroba o'rtoq suv ziyon o'g'lon
Muallif
Abdulla Avloniy

Abdulla Avloniy

(1878-1934) O’zbek dramaturgiyasi va teatrining, yangicha maorifi va matbuotining asoschilaridan. «Hijron» taxallusi bilan she’rlar bitgan, bir qator yangicha darsliklar yozgan. Noshir, tarjimon, elchi, muallim. Serqirra ijodining barcha namunalari xalqni yuksak ma’rifat va ezgu amallarga chorlovchi g’oyalar bilan yo’g’rilgan.

Batafsil


Yangi She'rlar Abdulla Avloniy She'rlari Abdulla Avloniy asarlari