Sahifa yuklanmoqda . . .
Gul - Asarlar - gul so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Sevgilim, Sevgilim, Og`riydi dilim. Jonim og`riyverar sizni o`ylasam. Gulday yuzinggizni silar endi kim, Meni eslarmisiz — yo`qmi o`shal dam...
Gulim, mehr ko`zda degani yolg`on, Mening dilimda hech o`chmas yolqinsiz, Qancha ko`rishmasak shuncha qadrdon, Qancha olis bo`lsak, shuncha yaqinsiz.
Sevmoq bu Kechirmoq degani asli, Toki bu dunyoda quyosh bor, gul bor. Yalpizlar gullagan shu bahor fasli, Sodiq hamdam bo`lgin sen menga, dilbar.
Sizning borligingiz naqadar yaxshi, Dunyoda gullarning borligi kabi...
Qachon gul ocharkinman, Qachon nur socharkinman. Xudoyim-a, xudoyim, Aytgil o‘zi man KIMMAN? Aytgil o‘zi man KIMMAN?
Menam banda, xudoyimdan bir nur so‘rab yuribman, Atrofim loy, men qalbimni gulga o‘rab yuribman. Do‘stu yor ko‘p, lek baribir azal qonun bittadir: O‘z boshimga yoqqan qorni o‘zim kurab yuribman.
Ay do‘stijon, ko‘zlaringni bir ko‘ray, Xudo bizga baxt berganmi bilmadim. Mening uchun borligingni o‘zi baxt Dunyo senday gul ko‘rganmi, bilmadim.
Bilaman bir kun kelib, Ruhim oppoq bo‘lgaydur. Bilmam qirq yildan keyin, Holim qandoq bo‘lgaydur
Osmon olis edi, osmon jim edi, Soddaman, bilmasdim chaqmoqning kuchin. Tunov kun yoningda turgan kim edi? Ko‘nglimni tarjima qildim sen uchun.
Unutaman! Imzo chekdim. Muhr qo‘ydim. Ne g‘am bo‘lsa, ko‘raverdim. Bilaverding. Axir kimga ko‘ngil qo‘ydim, kimni suydim? Gulni ko‘rsam sen yodimga kelaverding.
Bog‘ edi, guliston edi chor-atrof, O‘shanda bor edi ishqning salmog‘i. O‘shanda har so‘zni qilardim tavof, Uncha shartmasmidi sevib qolmog‘im.
Fasl tanlamaydi muhabbat, Visol oni bor to‘rt faslda. Sizni men chin dildan sevaman, Siz meni sevmaysiz aslida.
U tushimga kirar har sahar, Tortqilarmish sochlarin sabo. Hidlarmish menga gulsafsar, Ko‘ksimga bosh qo‘yib dilrabo.
Ezgulik abadiy kuylanar, Tillardan tushmaydi bir nafas. Yillar g‘ildiragi aylanar, Hayotim yillarga hamnafas.
Ko'zlarimni yumdim xayolimda sen, Surating ko'zlarimda abadiy qolgan, Menning muhabbatim yolg'onmas gulim, Sensizlikda yurak o'tlarda yongan.
Eng gullagan yoshlik chog'imda, Sen ochilding ko'ngil bog'imda. Shunda ko'rdi ko'zim bahorni, Shunda qalbim tanidi yorni.
Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen, Sen shu'lasen-u ul shu'lag'a men kuldurmen. Nisbat yo‘qtur deb ijtinob aylamakim, Shahmen elga, vale sanga quldurmen.
Ishqingda ko‘ngul xarobdur, men ne qilay? Hajringda ko‘zum purobdur, men ne qilay? Jismim aro pech-u tobdur, men ne qilay? Jonimda ko‘p iztirobdur, men ne qilay?
Husn ahlig'a zor-u mubtalo ko‘z ermish, Jonim bila ko‘nglumga balo ko‘z ermish. Fahm ayladim emdi, Boburo, ishq ichra, Ko‘zumni qorortqon qaro ko‘z ermish.
Eykim, yoraliq jismima marham sensen, Majruh ko‘ngulg'a nishtarim ham sensen. Gah shod-u, gahi g'amgin esam, ayb etma, Kim boisi shodmonlig'-u g'am — sensen.
Ey gul, ne uchun qoshingda men xor o‘ldum? Yuz mehnat-u anduh bila yor o‘ldum! Vasling bila bisyor sevindum avval, Hajring bila oqibat giriftor o‘ldum.
Azm ayla sabo, yet guli xandonimg'a, Ne gulki, quyoshdek mahi tobonimg'a. Yetgil dog'i ishtiyoq ila Boburdin, Zinhor degil salom tuqqonimg'a.
Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig‘, Kimki, ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma ondin yaxshilig‘. Gar zamonni nayf qilsam ayb qilma, ey rafiq, Ko‘rmadim hargiz, netoyin, bu zamondin yaxshilig‘! Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko‘ngluma, Kelmadi jonimg'a hech oromi jondin yaxshilig'. Ey ko‘ngul, chun yaxshidin ko‘rdung yamonliq asru ko‘p, Emdi ko‘z tutmoq ne ma’ni har yamondin yaxshilig'? Bori elga yaxshilig' qilg'ilki, mundin yaxshi yo‘q Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig! Yaxshilig' ahli jahonda istama Bobur kibi, Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig'?
Sendek manga bir yori jafokor topilmas, Mendek sanga bir zori vafodor topilmas. Bu shakl-u shamoyil bila xud hur-u parisen, Kim jinsi bashar ichra bu miqdor topilmas. Ag'yor ko‘z olida-u ul yor ayon yo‘q, G‘am xori ko‘ngul ichra-yu g'amxor topilmas. Ey gul, meni zor etmaki husnung chamanida, Ko‘zni yumub ochquncha, bu gulzor topilmas. Bobur seni chun yor dedi, yorlig' etgil, Olamda kishiga yo‘q esa, yor topilmas.