Sahifa yuklanmoqda . . .


“Yaxshilig‘” radifli g’azal

Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig‘,

Kimki, ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma ondin yaxshilig‘.

 

Gar zamonni nayf qilsam ayb qilma, ey rafiq,

Ko‘rmadim hargiz, netoyin, bu zamondin yaxshilig‘!

 

Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko‘ngluma,

Kelmadi jonimg'a hech oromi jondin yaxshilig'.

 

Ey ko‘ngul, chun yaxshidin ko‘rdung yamonliq asru ko‘p,

Emdi ko‘z tutmoq ne ma’ni har yamondin yaxshilig'?

 

Bori elga yaxshilig' qilg'ilki, mundin yaxshi yo‘q

Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig!

 

Yaxshilig' ahli jahonda istama Bobur kibi,

Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig'?


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 12-Sentabrda yuklangan

17786 marta ko'rildi

46 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ko’ngul jahon yaxshilik yomonlik ko’z zamon ayb rafiq dilrabo jon orom el dahr istak
Muallif
Zahiriddin Muhammad Bobur

Zahiriddin Muhammad Bobur

(1483-1530) Zahiriddin Muhammad Bobur adabiyotimiz tarixidagi takrorlanmas siymolardan biridir. U faqat yirik adib, buyuk tarixchi, ulkan olimgina emas. balki mohir sarkarda va buyuk davlat arbobi ham edi. Uning ijodi mana shu sohalarning barchasi bilan chambarchas bog'liq holda yuzaga keldi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Zahiriddin Muhammad Bobur Yakpora g'azallari Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari