Sahifa yuklanmoqda . . .
G'aflat - Asarlar - g'aflat so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Ulkan odam charchoq edi, Horigan edi juda, Avtoning bo‘sh kursisiga Vujudini tashladi...
Ko‘ksimni ochaman, Chekinar g‘aflat. Karaxtlik to‘kilib borar manglaydan... Qaysi muyulishda yuribsan yig‘lab — Tramvay, men seni anglayman.
Ayol baxt nimada? Zeb-u ziynatdami? Shon-u shuhratda? Yuksak unvondami? Olqishlardami? Yo’q! Ayol baxti o’z sevgan yorining mehrini his qilmoqlikdadir. Ko’pincha erkak zoti ayolimga hamma narsani muhayyo qilib bersam ham, nega ko’ngli to’lmaydi, unga nima yetishmaydi o’zi, deb xunob bo’lib yuradi. Aslida ayolga ko’p narsa kerakmas. Ayollar dilidagi eng aziz tilak: “Menga mehr ko’rgaz, mehribonlik qil”…
Shubhasiz, shayton insoniyatning dushmanidir. Eng qiyini, u odamga faqat tashqi tomondan emas, ko'pincha ichki tomondan - uning o'z nafsi orqali yaqinlashadi va ko'ngliga qutqu solib, uni turli yovuz maqsadlarga, qing'ir yo'llarga boshlaydi. Binobarin, tashqi dushman bilan kurashib, uni yengish oson, biroq o'z nafsini jilovlamoq, nafsoniy istaklarni yengmoq anchayin mushkuldir. Bu o'ta mas'uliyatli ish inson zimmasiga yuklangan muhim bir vazifa bo'lib, buni uddalay olgan kishilargina tom ma'noda shaytonni yenggan zotlardir.
Ushbu she'rda millatimizga xos bo'lgan qusurlar fosh etiladi. Bu orqali shoir o'z millatini ana shu illatlardan xoli bo'lib, tamaddunga yuz tutishini orzu qiladi.