Sahifa yuklanmoqda . . .


Biz, millat

 

Na xo’rliq, na qasolat? – Doimo afgor biz, millat,

Hama gul dasta qilsa, ne terarmiz? – Xor, biz, millat.

Jaholat qaziyasi do’ndurdi istiqboli rif’atdan,

Ma’oz-illoki, na iqror, na inkor – biz, millat.

Tutub selobi g’aflat mavji g’amg’a tashladi, hayhot,

Jahon Jayhunlarig’a to’ mai tayyor – biz, millat.

Tamaddunfeshalikdan o’zgalar ruhi mujassamdur,

Hayota qobil ermas, surati devor – biz, millat.

Hama ilm-u hunar asbobini olmaqni istarsa,

Chafon, chalma, riyo sotmoqg’a xo’b tujjor – biz, millat.

Tafakkur soyasida o’zgalar shahdu shakar ersa,

Tururmiz baqrayib har go’shada bekor – biz, millat.

Mayu minosini tark aylasa ag’yor, bizlar, oh,

Ichib jomi jaholatdan, hamisha zor – biz, millat.

Hama kasbu kamolot etsa hosil ilm-fan birla,

Shifirguchi, yamoqchi, xayrchi ko’b xor – biz, millat.  

Taqozoyi zamon, har jins kiysa jismig’a loyiq,

Qilib qof-xaltadan ko’lmak-chopon – beor – biz, millat.

O’zi bilmas, sani dushman, sani johil bilur,

Hijron, hayotu ruh kerakmas – jismidan bezor – biz, millat.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 18-Yanvarda yuklangan

186 marta ko'rildi

3 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
millat xo'rlik afgorlik gul dasta xor jaholat istiqbol iqror inkor g'aflat mavj g'am jahon jayhun tamaddun hayot qobil surat devor riyo tafakkur shakar go'sha jom kasb kamol ilm fan jism xalta zamon chopon dushman johil hijron
Muallif
Abdulla Avloniy

Abdulla Avloniy

(1878-1934) O’zbek dramaturgiyasi va teatrining, yangicha maorifi va matbuotining asoschilaridan. «Hijron» taxallusi bilan she’rlar bitgan, bir qator yangicha darsliklar yozgan. Noshir, tarjimon, elchi, muallim. Serqirra ijodining barcha namunalari xalqni yuksak ma’rifat va ezgu amallarga chorlovchi g’oyalar bilan yo’g’rilgan.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Abdulla Avloniy Yakpora g'azallari Abdulla Avloniy asarlari