Sahifa yuklanmoqda . . .


Ko‘ksimni ochaman, Chekinar g‘aflat...

Ko‘ksimni ochaman, Chekinar g‘aflat.
Karaxtlik to‘kilib borar manglaydan...
Qaysi muyulishda yuribsan yig‘lab —
Tramvay, men seni anglayman.

Bunchalar beshafqat bu qo‘sh temir iz,
Bu taqdir changali — berahm, mahkam.
Taqdirdosh, qiynaldik, axir ikkimiz,
Bu temir iz bilan, temir iz bilan...

Bu — bekat, dedilar. To‘xtadik g‘ingshib,
Ketdik, bo‘l, dedilar. Yugurdik hayron.
Bugun temir g‘aflat izidan tushdim,
Oyog‘im tuproqqa — bir rohatijon!

Ammo... Bu... Tramvay... Ketmas o‘yimdan.
Ko‘chaga boqaman. Qayda bechora?
Ana, tramvaylar osib qo‘yilgan
Sovuq simdorlardan o‘t chiqib borar.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 20-Aprelda yuklangan

31 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
g'aflat karaxtlik tramvay iz shafqat taqdir temir bekat
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari