Sahifa yuklanmoqda . . .
Ayol - Asarlar - ayol so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Siqilib ketasan... Uyingning to‘rt devori Ombirning tishlariday dahshatli boqar, Sovuq boqar... Sovuq!
Gunohkorni eng odil hakam O‘ldirmoqqa ayladi hukm. ...Ergashaman jallod ortidan, "Meni os", deb qilaman zug‘um.
Muhabbat, ey go`zal iztirob, Ey ko`hna dard, ey ko`hna tuyg`u. Ko`kragimga qo`lingni tirab, Yuragimni to`kib qo`yding-ku.
Oppoq, toza dasturxonga yo‘rgaklangan chaqaloqni tizzalari orasiga yotqizib-tebratib o‘tirgan juvon ayvonning lang ochiq derazasidan bo‘ynini cho‘zib hovliga qaradi. Quvalashayotgan bir juft musichani ko‘rdiyu yo‘rgakni avaylab ko‘rpachaga yotqizdi, o‘rnidan ildam turib kalishini oyog‘iga ilganicha hovliga tushdi.
— Zulfi-i! Ho, Zulfiyaxon! Chiqaqoling, sevinchli xabar kep qoldi! — Hozir, ona, hozir chiqaman. Zulfiyaning tovushi qo‘ng‘iroqdek jaranglab chiqqan bo‘lsada, uning o‘zi hiyla parishonxayol edi. Kundoshlarining yonida sir boy bermaydi, shu bois qanday bo‘lmasin chehrasidan tabassum arimaydi.
— Yomonning kuchi men yapaloqqa yetibdi-da!.. H-ah, sag‘irri haqqi ursin-a! Tong sahargi bu alamli qarg‘ishdan tim ichi oyoqqa qalkdi. Rasta ustida, ostida, qop-qanorga yonboshlab omonat uxlab yotgan keksayu yosh turshakfurush, yong‘oq-furush, mayizfurush, iistafurush va hokazo furushlar uyquli ko‘zi bilan apil-tapil yon-verini paypaslay ketdi, ko‘ngli joyiga tushganlar birin-sirin oh chekayotgan juvon tevaragiga to‘plana boshladi.
Sulton esini tanibdiki, har yili yoz kezlari uch yo to‘rt bola-baqra, goho kap-katta yoshdagi erkak Qichqiriqqa g‘arq bo‘ladi. Kunlab, haftalab butun mahalla-ko‘y oyoqqa qalqiydi, izillab-bizillab qidir ho qidir davom etadi, g‘arq bo‘lguvchi o‘sha kuni yo ertasi topilsa topildi, topilmasa, oradan besh, yetti... o‘n kunlar o‘tgach anhorning kunbotar tomonlarida yo beridan, yo naridan shishib, do‘mbira bo‘lib ketgan jasad suv betiga qalqib chiqadi...
Baxt ham nasiba, u kimlarnidir zor qaqshab izlab yuradi, ro‘parasidan, oyog‘ining ostidan chiqib quchoq ochib kutadi, kimlarnidir esa kalaka qilgandek mudom chetlab o‘tadi. Tog‘asi Komronni yomon izza qildi. – Hayotda noshukrlikdan yomon narsa yo‘q, – dedi u avvaliga muloyimlik bilan, lekin bu muloyimlik-vazminlik portlash arafasidagi sokinlik ekani tog‘aning fe’lini biladiganlar uchun yangilik emas edi.
Men bir kun o‘lganimda Yorimni bir ko‘ray deb, Ochiq qolgan ko‘zimni Yumib qo‘ysinlar dedim.
To‘fonga duch kelgan kapalak misol Kuchimning boricha olg‘a yuraman. O‘qiyman, o‘qiyman va yana alhol, Xayolimda yangi dunyo quraman.
Xayol kabi cheksiz u, Qiyg‘iri bor qiyoda. Baxt o‘lkasi asli shu, Mangu yashar dunyoda, U mening muhabbatim! U sening muhabbating!
Ko'zlarimni yumdim xayolimda sen, Surating ko'zlarimda abadiy qolgan, Menning muhabbatim yolg'onmas gulim, Sensizlikda yurak o'tlarda yongan.
Men sevaman,- shivirlar ayol,- Kirlaringni yuvib beraman. Dazmollayman ko’ylaklaringni Seni quchgan qo’llarim bilan. Faqat bir kun yoningda yotib, Qulog’ingga shivirlasam bas: «Yuragimning ostida kimdir Xuddi sendek olmoqda nafas
Qaydan kelding, fikrimni bo‘lding, Nega etding meni parishon? Nega buzding munis holimni, O’ylarimni nechun bemakon? Ehtiroslar, hislar, yonishlar O’lkasini kezardi xayol,
Muhabbatsiz kechdi bu visol, Men murodsiz maqsadga yetdim. Tuni bilan yalindi ayol, Kelaman deb aldadim – ketdim. Yo‘lko‘rsatkich bo‘ldi xazonlar, Daydibadar yelga aylandim. O‘tdi oylar, o‘tdi zamonlar, Yana o‘sha menga aylandim. Yana bordim tilanib visol, Hasratimni aytdim- aytmadim. Meni itdek haydadi ayol, Men vafodor itdek... ketmadim.
Metroda sayr qilib yurmaydi hech kim, Birov ishdan qaytar, birov sayrdan. Kimdir hamrohlarin kuzatadi jim, Kimdir ro‘znomani ikki ayirgan. Men ham qaytayotgan edim uyimga, Yumushlardan tolib, xayolga tolib. Bekatdan sen chiqding oppoq quyunday, Ko‘nglimga chirpirak g‘alayon solib. Go‘yo tanimading. Tutqichni tutib, Ma’yus jilmaygancha tolding xayolga. Turgim, borgim keldi. Elni unutib, Seni ko‘mgim keldi ming bir savolga.
Shoirlik g‘irt bekorchiga ish, Yumushim shu – xayol suraman. Nima haqda? Noqulay aytish... Sizni hamon yaxshi ko‘raman. Iqrorimdan zarracha naf yo‘q, Hanuz xomman, hanuz g‘o‘raman. Nishoniga borib tekkan o‘q, Yuragim qon. Yaxshi ko‘raman.
Menga nomehribon yor o‘zgalarga mehribon ermish, Mening jonim olib, ag'yorga oromijon ermish. Tan uzra emdi fahm ettim adadsiz toza dog'imni, Ki, har bir-bir qorarg'an shomi hajrimdin nishon ermish.
«Zulfiyaga qarama, Naq enangni ko‘rasan! Meni yaxshi ko‘radi, So‘ra, kimdan so‘rasang!» Kaltak yerdi Abdulla, Kaltak yeb ham qaytmasdi. – Ol-e, o‘sha Zulpini, Kerakmas! – deb aytmasdi.
O'qidim go'zal hikmat: "Sizning yaxshilaringiz - Ahli ayoli bilan Yaxshi bo'lganlaringiz". So'kinib jaranglatdi, Erim o'z xonasini: -Hoy, ruchkamni kim oldi? He, o'sha, onasini...
Hay-hay, uyat, jon o'lan, Kelin keldi, yo'lni och, Ne ko'z bilan ko'rayki, Kelin yarim yalang'och. Sharqning qizi bo'lganda, Bo'lib sharmu hayosi, Bunchalar ochiq-sochiq, Bo'lmas edi libosi...
Bir sahroyi ayolning O'g'ilchasi sho'x ekan. Undan zarar ko'rmagan Biror kuni yo'q ekan. Qozondagi taomin Tepib qochib ketarkan. Meshidagi suvini Sepib qochib ketarkan...
Mani erim yurib ketdi, Yurak-bag’rim kuyib ketdi, O’zim bilsam go’rga edi, Bu ovoza bo’lib ketdi. Kech keladi ishidan ham, Ayrilganday hushidan ham, Yurganini bilsa bo’lar Ko’rayotgan tushidan ham...
Bir do’konning qarshisida uch-to’rt xotin, Gurunglashib kutar arzon yog’ navbatin. O’sha yerdan o’tib qoldi bitta erkak, Xuddi shundan boshlanadi bizning ertak. U ayollar ichra biri go’zal edi, O’zi yosh-u, ammo so’zi masal edi. O’sha erkak qarab sekin o’ng-u chapga, U ayolni quvlik bilan soldi gapga...