Sahifa yuklanmoqda . . .
Quvonch - Asarlar - quvonch so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Ne qilay? Yurakdan bo‘shadi tanim, Najot — ko‘nishdami, najot — o‘lishda?.. Azizim, azizim, azizim manim, Ayt, qachon ulgurding jonim bo‘lishga?
Ish. Choy. Suhbat. Ovqat. Yana ish. Hamma narsa o‘ylangan. Puxta. So‘ng sen kelding. Boshlandi yonish Muvozanat yo‘qoldi. Nuqta...
Endi bizga ishq yo‘llari xatarlidir, Ma’yuslidir, og‘riqlidir, kadarlidir, Ibtidomiz intihodan xabarlidir, Quvonchi oz, g‘ami o‘lim qadarlidir.
Toatmi yo kufr so’zi – bir nafas, Shak-shubha, haqiqat ko’zi – bir nafas. Shul damni quvonchsiz o’tkazmoq abas, Umrimiz hosili o’zi – bir nafas.
Kimga ma’lum bo’lsa jahonning siri, Quvonch-u g’am – farqsiz biridan biri. Chunki o’tmay qolmas yaxshi ham yomon, Xoh bari dard bo’lsin, xoh darmon bari.
Menga “maqtov”lardan toshlar otgan do’st, Quvonsam, ko’ziga parda tortgan do’st, Barcha gunohini menga ortgan do’st, Shu kichik yelkamga olam sig’adi. Kulgusi jonimga tumor taqqan yor, Xayoli yodimga nurday oqqan yor, Mendan boshqa hamma qizlar yoqqan yor, Hijron armonlardan ertak yig’adi. Bobo, bu dunyoda yaxshi kam ekan, Yaxshining ko’rgani mudom g’am ekan, Eng yorug’ najotlar O’zda jam ekan, Bu sovuq kunlardan ko’nglim sinadi...
Biz vatan haqida yozilgan ko’plab bir-biriga o’xshash, siyqa satrlardan zerikkanmiz. Ba’zi shoirlarning vatan haqida ham she’r yozib qo’yishim kerak deya zo’rma-zo’rakilik bilan bitgan she’rlari tufayli bu mavzudagi she’rlarga ishtiyoq susaygan. Chunki soxtalik bilan aytilgan kalom hech qachon dillarga yetib bormaydi. Biroq ushbu she’rda shoira vatanni shunchalar samimiy tarannum etadiki, uni o’qir ekansiz, bu so’zlar yuragingizning tub-tubiga yo’l olganini tuyasiz.
Dunyo va hayot haqida har kim o'z falsafasiga ega. Ammo insoniylik qiymati shundaki, u faqat bu dunyoni emas, balki oxirat hayotini ham o'ylab yashaydi va ezgu amallar qilmoqqa intiladi. Zero, ana shu ezgu amallar insonning bu dunyoda yaxshi nomga, oxiratda esa ajr-u mukofotga erishuviga sabab bo'ladi. Mazkur she'r buning aksi o'laroq yo'l tutganlar qismati haqida hikoya qiladi.
Shoirning ona zamin qismati haqidagi alamli o‘ylari «Sirdaryo o‘lani» she’rida o‘ziga xos tarzda ifodalangan. Bu she’r xalq o‘lanlari ruhi, ohangida bitilgan: bir tomonda ona daryoning go‘zal ta’rif-tavsifi, ikkinchi tomonda shoirning daryoning hozirgi holati, achchiq qismatidan bezovtaligi, tashvish-zorlari. Undagi o‘ta samimiy, cheksiz mehr, o‘kinch to‘la satrlar xuddi xalq o‘lanlaridagi kuygan dilning o‘tli zorlari singari o‘quvchi qalbining tub-tubigacha yetib boradi, uni titroqqa soladi...
Baxt! Naqadar go'zal, yoqimli, hayotbaxsh so'z! Har bir inson tabiatida baxtga erishmoqqa kuchli xohish, intilish va u uchun kurashish istagi bor, albatta. Ammo men baxtliman deb aytish ham oson emas ekan. Har holda vijdonli inson uchun oson emas. Chunki bunday inson o'z baxtini namoyish qilib qo'ysa, keyin baxtsiz kimsalarning nigohlariga qanday qilib bardosh berib yashashini o'ylab andisha qiladi...
Agar kelmoq umid bo'lsa, ketmoq ana shu umidning sinishidir. Ishq yo'liga kirgan insonning umidi yor vasli bo'lsa, ana shu yolg'iz umiddan-da judo bo'lmoq oshiq uchun o'limdan ham og'irroq bo'ladi. Ushbu she'r armon ko'chasi tomon yuz burgan bag'riqon oshiqning yorga aytgan so'nggi dil so'zlaridir.